Tavsif
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” deb eʼlon qilingan.
Oyliklar doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
- Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha maʼlumotlar OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;
- Tadbirkor ayollarga huquqiy koʻmak berish uchun Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda hamkorlik memorandumini imzolash;
- Masofadan bepul kurslarni tashkil etish elektron tizimida (kurslar.huquqiyportal.uz) ayollar huquqiga oid bepul onlayn oʻquv kurslarini tashkil etish;
- “Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish;
- Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha umummilliy imtihonini oʻtkazish;
- Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish.
Ushbu oylik doirasida “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” mavzusida tanlovi oʻtkaziladi va tanlov quyidagi 3 ta nominatsiya boʻyicha boʻlib oʻtadi:
- “Eng yaxshi jurnalistik material;
- “Eng yaxshi blogpost;
- “Adliya eʼtirofi”.
Tanlov gʻoliblari Adliya Vazirligi tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi. Ishtirok etish shartlari va sovgʻalar haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.