Tavsif
Janubiy Koreyadagi Yoshlar Tashkilotlari Milliy Kengashi 19-iyuldan 26-iyulgacha oʻtkaziladigan birinchi Global Yoshlar Sammitida qatnashish istagida boʻlgan barcha xalqaro va koreyalik yoshlarni taklif qiladi. Sammit Seul shahrida joylashgan Xalqaro yoshlar markazida boʻlib oʻtadi.
Sammit mavzusi: Harmony of Global Youths Towards a Sustainable Future. Dastur ishtirokchilari mavzu doirasida xalqaro yoshlar bilan munozara olib boradilar va madaniy almashinuv natijasida oʻz tajribalarini yanada orttiruvchi tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur qatnashchilari quyidagi yoʻnalishlar doirasida mavzuni muhokama qiladilar:
- Health;
- Digital Tech & Education;
- Society;
- Culture;
- Environment;
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.