Tavsif
Janubiy Koreyaning eng nufuzli universitetlaridan biri Seul milliy universiteti bakalavriat va magistratura uchun toʻliq moliyalashtiriladigan SNU Global Scholarship grantini taqdim etadi. Dastur boʻyicha taxminan 160 ta talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Dasturga saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Saralash — bunda onlayn topshirilgan hujjatlar asosida nomzodlar saralanadi. Natijalar 2023-yil 13-oktabr kuni eʼlon qilinadi. Saralashdan oʻtgan nomzodlardan hujjatlarning asl nusxasini pochta yoki shaxsan topshirishlari soʻraladi (2023-yil 3-noyabrga qadar).
2. Suhbat — quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha topshirgan nomzodlar bilan onlayn suhbat oʻtkaziladi:
- College of Humanities;
- College of Social Sciences;
- College of Natural Sciences;
- College of Nursing;
- College of Engineering;
- College of Agriculture and Life Sciences;
- College of Education(except Department of Physical Education);
- College of Human Ecology;
- College of Veterinary Medicine;
- College of Medicine;
- College of Liberal Studies.
3. Test — quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha topshirgan nomzodlardan test topshirishlari soʻralishi mumkin. Bu haqida nomzodga elektron pochta orqali xabar qilinadi:
- College of Fine Arts;
- College of Music;
- Department of Physical Education.
4. Yakuniy natijalar 2023-yil 24-noyabr (13:00) kuni eʼlon qilinadi. Yoʻnalishga qarab nomzodlardan 2024-yil fevral oyida Korean Proficiency Test topshirishlari soʻralishi mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.