Joan Shorenstein Fellowship

Joan Shorenstein Fellowship

  • 25/05/2022 Qabul boshlanishi
  • Stipendiya Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 07/09/2022 23:59 Oxirgi muddat
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Joan Shorenstein Fellowship - Joan Shorenshteyn stipendiyasi dasturi jurnalistlar, olimlar va siyosatchilarga ommaviy axborot vositalari va siyosat sohasi uchun muhim bo'lgan masalalar bo'yicha fikr yuritish, tadqiq qilish va yozish imkoniyatini beradi. 

Dasturga quyidagi kategoriyalar bo'yicha nomzodlar ariza topshirishlari mumkin:

  • Jurnalist kategoriyasiga muxbirlar, muharrirlar, sharhlovchilar, prodyuserlar, media-biznes rahbarlari va tegishli, professional yangiliklar tashkilotlari hodimlari yoki to'liq stavkadagi frilanser sifatida kamida besh yillik to'liq ish tajribasiga (universitet talabasi sifatida qilingan ishni hisobga olmaganda) ega nomzodlar ariza topshirishlari mumkin; 
  • Siyosatchi kategoriyasiga  milliy yoki yuqori darajadagi davlat idorasiga saylovoldi tashviqotini olib borgan va saylangan kishi yoki siyosat va siyosat sohasidagi aloqa mutaxassislari, masalan, nutq mualliflari, matbuot kotiblari ariza topshira oladilar;
  • Olim kategoriyasi bo'yicha siyosatshunoslik, siyosiy kommunikatsiya, jurnalistika, xalqaro siyosiy kommunikatsiya yoki Shorenshteyn markazining tadqiqot sohalariga tegishli yo'nalishlarda kollej, universitet yoki tadqiqot muassasasida ishlaydigan yoki ishlagan professorlar dasturga qabul qilinadi;
  • Siyosatchi kategoriyasiga Vazirlar mahkamasidagi yuqori darajali mansabdor shaxs yoki milliy lavozimga nomzodning maslahatchisi.

Dastur AQShning Massachustes shtati Kembridj huduqida 4 oy muddatda davom etadi. Dastur to'liq ingliz tilida bo'ladi.

Dasturga yilda 2 marta qabul bo'ladi:

  • Kuzgi semestr (Sentyabr - Dekabr)
  • Bahorgi semestr (Fevral - Mart)

Dasturga oldin qabul qilingan nomzodlar va ularning ishlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Tanlangan ishtirokchilarga umumiy miqdorda 30,000 AQSh dollar stipendiya hamda izlanish olib borishlari uchun barcha zarur resurslar beriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Dasturda dunyo bo'ylab barcha davlat fuqarolari qatnashishlari mumkin;
  • Shorenshteyn stipendiyasiga jurnalistika sohasi vakillari, siyosatchilar hamda ushbu sohada kollej/universitetlarda dars beruvchi professor-olimlar ariza topshira oladilar;
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Boshqa til vakillari TOEFL yoki IELTS sertifikatlarini taqdim etishlari kerak;
  • Da'vogarlar 2 yil muddat ichida boshqa shu va shu kabi stipendiya va amaliyot dasturlarida qatnashmagan bo'lishi lozim;
  • Dastur davomida ( 1 semestr - 4 oy) AQSHning Massachustes shtatidagi Shorenstein markazida amaliyot o'tash huquqiga ega bo'lishi lozim. 

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqli tanishish mumkin. 

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega bo'ladi:

  • Ishtirokchilarga har oyning oxirida bo'lib to'lanadigan jami $30,000 ni tashkil etuvchi stipendiya beriladi;
  • Nomzodlar Shorenshteyn markazida ish stantsiyasi, kompyuter, telefon, Garvard elektron pochta manzili va kutubxonalar va boshqa manbalarga kirish imkonini beruvchi Garvard identifikatori bilan ta'minlanadi;
  • Shuningdek, stipendiatlar o'z loyihalari ustida ishlash uchun ilmiy yordamchi sifatida (haftasiga 10 soatgacha) ishlashlari mumkin.

Eslatma: Sayohat va yashash xarajatlari dastur tomonidan qoplanmaydi tomonidan qoplanmaydi.

Dastur afzallik jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Hujjat topshirish

dgdfhdf

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Kuzgi semestr uchun ariza topshirishning oxirgi muddati 15-mart.
Mart oyining oxirlarida intervyu bosqichiga o'tgan nomzodlar e'lon qilinadi. 
Aprel o'rtalarida arizachilarga ularning holati to'g'risida xabar beriladi.
Yozda stipendiyaga qabul qilinganlar e'lon qilinadi.

Bahorgi semestr uchun qabul 7-sentyabrda yopiladi. Sentyabr oyining oxirlarida intervyu bosqichiga o'tgan nomzodlar e'lon qilinadi. Oktyabr oyida nomzodlarga ularning holati haqida xabar beriladi. Yil so'ngida dasturga qabul qilingan nomzodlar e'lon qilinadi. 

Qo'shimcha savol va murojaatlar uchun: Susan Mahoney %20susan_ocitti@hks.harvard.edu

AQSh
Joan Shorenstein Fellowship

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar