Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Islom Taraqqiyot Banki bilan hamkorlikda Orolboʻyidagi ekologik ofatning salbiy oqibatlariga eʼtiborni qaratish va aholining dolzarb ekologik muammolardan xabardorligini oshirish maqsadida “Orolboʻyi mintaqasidagi ekologik ofatning salbiy oqibatlari” fotosuratlar va maqolalar tanlovini taqdim etiladi.
Tanlov ikkita yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
- “Tabiat nigohi: eng yaxshi fotosurat”;
- “Tabiat ovozi: eng yaxshi ekologik maqola”.
Tanlov maqsadlari:
- Orolboʻyidagi ekologik ofatning salbiy oqibatlariga eʼtiborni qaratish va aholining dolzarb ekologik muammolardan xabardorligini oshirish;
- Jurnalistlar, blogerlar va fotosuratchilarni atrof-muhit muammolarini yorituvchi va ularni hal qilish boʻyicha harakatlarni ragʻbatlantiradigan kontent yaratishga ilhomlantirish;
- Orol dengizidagi ekologik ofat oqibatlari toʻgʻrisidagi axborotni turli ommaviy axborot vositalari, jumladan, maqolalar, fotosuratlar va bloglar orqali tarqatilishini taʼminlash;
- Jurnalistlar, blogerlar va fotosuratchilar uchun ekologik jurnalistika sohasida oʻz mahoratini va kasbiy rivojlanishini namoyish etish uchun platforma yaratish;
- Orol mintaqasining ekologik muammolarini muhokama qilish va hal etishda mahalliy va xalqaro hamjamiyatning faol ishtirokini ragʻbatlantirish;
- Qishloq xoʻjaligining ahamiyati, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va bu boradagi innovatsiyalar haqida tushunchalarni oshirish.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.