Tavsif
Garvard Kennedy School - jurnalist, olim, siyosatchilar uchun toʻrt oylik Joan Shorenstein Fellowship dasturini eʼlon qiladi.
Ishtirokchilardan ommaviy axborot vositalarining ichki yoki xalqaro maydonda siyosatga yoki davlat siyosatiga taʼsirini oʻrganadigan jurnal maqolasi yoki kitob boʻlimiga oʻxshash uslubdagi tadqiqot ishini olib borishlari talab etiladi. Muvaffaqiyatli nomzodlarga toʻrt oy davomida stipendiya beriladi. Ishtirokchilar dasturda boʻladigan muntazam maʼruzalarda hamda AQSH OAV dagi ijtimoiy yigʻilishlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur maqsadi - ommaviy axborot vositalari, siyosat sohasidagi tadqiqotlarni ilgari surish; jurnalistlar, olimlar, siyosatshunoslar va talabalar oʻrtasida muloqotni osonlashtirish va buni aks ettirish uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Dastur haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.