Jurnalist, siyosatchi, professor oʻqituvchilar uchun AQSHʼda 4 oylik amaliyot dasturi. Ishtirokchilarga $30000 miqdorida stipendiya beriladi
  • 01/07/2022 Qabul boshlanishi
  • Stipendiya Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 07.09.2022 Oxirgi muddat
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Jurnalist, siyosatchi va shu sohalarda tadqiqot olib boruvchi olimlar uchun Harward Kennedy School tomonidan Joan Shorenstein stipendiya dasturi. Dastur 1 semestr — 4 oy davom etadi va har oy $30000 miqdoridagi pul boʻlib-boʻlib toʻlab beriladi.

Dasturining asosiy maqsadi — ommaviy axborot vositalari va siyosat sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirish orqali Jurnalistlar, olimlar, siyosatchilar va talabalar oʻrtasida muloqotni taʼminlash.

1 semestr davomida nomzodlar oʻzlarining ilmiy tadqiqotlari ustida ishlab ularni yakunlash imkoniyatiga ega boʻlishadi. Shuningdek, AQSHʼda Ommaviy axborot vositalaridagi muhokamalarda va markaz tomonidan tashkil etiladigan seminarlarda ishtirok etishadi.

Dasturning kuzgi mavsumi uchun qabul 2022-yil 7-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Umumiy talablar:

  • Dasturga jurnalistlar, siyosatchilar, jurnalistika yoki siyosatshunoslik sohalarida tadqiqot olib borayotgan olimlar ariza yuborishlari mumkin;
  • Shuningdek, ariza topshirayotgan paytda nomzodlar soʻngi 2 yil ichida shunga oʻxshash stipendiya dasturlariga qatnashmagan boʻlishlari kerak;
  • Ingliz tilini bilishlari haqida TOEFL yoki IELTS sertifikatini taqdim etishlari shart.

Sohalariga qarab alohida shartlar quyidagilar:

Jurnalistlar uchun:

  • Jurnalist, muxbirlar, muharrirlar, sharhlovchilar, prodyuserlar, media-biznes rahbarlari va professional yangiliklar tashkilotlarida toʻliq stavkada faoliyat olib boruvchi yoki toʻliq stavkada frilanser sifatida ishlab kelayotgan nomzodlar qabul qilinadi. Nomzodlar kamida kamida besh yillik toʻliq ish tajribasiga ega boʻlishlari kerak.

Siyosatchilar uchun:

  • Milliy yoki yuqori darajadagi davlat idorasida saylovoldi tashviqotini olib borgan boʻlishlari yoki siyosat sohasiga aloqador boʻlgan mutaxassislar, matbuot kotiblari ariza topshirishlari mumkin.

Tadqiqotchilar uchun:

  • Siyosatshunoslik, siyosiy aloqalar, jurnalistika, xalqaro aloqalar va Shorenshteyn markazining tadqiqot sohalariga tegishli sohada kollej, universitet, tadqiqot muassasasida ishlaydigan yoki ishlagan professorlar qabul qilinadi.

Dasturda qatnashish shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Ishtirokchilarga 4 oy mobaynida jami $30000 miqdoridagi stipendiya boʻlib-boʻlib toʻlab beriladi;
  • Garvard kutubxonasiga kirish, kompyuter, ish joyi, telefon va kutubxonalardan foydalanish uchun ID karta taqdim etiladi;
  • Shuningdek, oʻz tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha haftasiga 10 soat ilmiy yordamchi sifatida haq toʻlanadigan ishda ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Imtiyozlar va ishtirokchilar uchun yaratiladigan sharoitlar haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Kerakli hujjatlar ro'yxati:

Rezyume yoki CV;

 

 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

AQSh
Jurnalist, siyosatchi, professor oʻqituvchilar uchun AQSHʼda 4 oylik amaliyot dasturi. Ishtirokchilarga $30000 miqdorida stipendiya beriladi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar