Jurnalist va kino ijodkorlari uchun grant miqdori  £1,000 bo‘lgan One World Media Fellowship dasturi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
20 Mar, 2024 · Muddat tugagan

Jurnalist va kino ijodkorlari uchun grant miqdori £1,000 bo‘lgan One World Media Fellowship dasturi

Amaliyot Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

The Global South - Global Janubdagi mamlakatlarda kechayotgan voqealarni reportaj qilish orqali o‘z martabalarini  oshirishga  harakat qilayotgan intiluvchan jurnalist va kino ijodkorlari uchun One World Media Fellowship  dasturi e’lon qilinadi. Dastur  turli xil rivojlanayotgan iste‘dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilib, 2001-yildan shu bugunga qadar  72 mamlakatdan 184 ta yangi jurnalist va kino ijodkorlar ishini rag‘batlantirgan. 

Dastur maqsadi kino ijodkorlari va jurnalistlarni bitta loyiha bo‘yicha yo‘naltirish va ularning loyihasini ishlab chiqish hamda yakunlash orqali ustoz va tengdoshlar tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashdir.

Dasturga kino, bosma nashrlar, fotojurnalistika, multimedia ishlarini namoyish qilish orqali ishtirok etish mumkin. Dasturga qabul qilinganlar loyihalarini amalga oshirish uchun £1000 miqdoridagi grant hamda turli xil vebinar va treninglarda qatnashish, mutaxassislardan maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dastur uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • Dasturga barcha davlat fuqarolari qatnasha oladi;
  • O‘z karyeralarida bir pog‘ona rivojlanishga tayyor bo‘lgan kinoijodkorlar hamda jurnalistlar bo‘lishi;
  • Global Janubdagi (The Global South, ya'ni Lotin Amerikasi, Osiyo, Afrika va Okeaniya mamlakatlari) past va o‘rta daromadli  mamlakatlarning  qiziqarli/real voqealarini so‘zlaydigan  loyihalar bo‘lishi;
  • Real voqealar asosida ishlangan kino, bosma nashrlar, fotojurnalistika, multimedia ishlari bo‘lishi;
  • Bir yil ichida  yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan loyihalar- kinolar 30 daqiqadan kam bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari dastur quyidagi ko‘rinishdagi loyihalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi:

  • Real voqealarni maqsadli auditoriyani jalb qiladigan tarzda aytib berish;
  • Ijodiy ishlarda Global Janubda yashovchi insonlarni qiynayotgan muammolarni ta’kidlash;
  • Axloqiy va xavfsizlik masalalarini ta’kidlash;
  • Yangiliklarni yig‘ish va hisobot berishda halollik va javobgarlikni tushunganlikni ko‘rsatib berish;
  • Hikoya ustida mahalliy odamlar bilan teng hamkorlikda ishlashga tayyorliligini ko‘rsatish.

Dasturning maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi:

  • Loyihalarini amalga oshirish uchun £1000 miqdoridagi grant;
  • Ishtirokchilarga  loyihalarini  amalga oshirishda prodyuser tayinlanadi;
  • Mutaxassislari tomonidan seminarlar va vebinarlar;
  • Ishtirokchilarning o‘z karyeralari bo‘yicha murabbiylik soatlari;
  • Adolatli tarzda hisobot va xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar berib boriladi.

Dastur imkoniyatlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin. 

Topshirish jarayoni

Dasturga ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, onlayn ariza topshiriladi. Ariza topshirishda quyidagilar  so‘raladi:

  • CV;
  • Nomzodning ishi bilan tanish bo‘lgan o'qituvchisi, ish beruvchisi tomondan tavsiyanoma va boshqa kerakli ma’lumotlar.
  • Dasturga ariza topshirish bepul.

Dasturga ariza topshirish bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

  • Natijalar may oyida e’lon qilinadi;
  • Ishlar taklif etilayotgan loyihalar nuqtayi nazari, nomzodning ma’lumoti, tajribasidan kelib chiqqan holda baholanadi;

Qo‘shimcha  savollar uchun: 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Soha

    Jurnalistika va OAV

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Jurnalist va kino ijodkorlari uchun grant miqdori £1,000 bo‘lgan One World Media Fellowship dasturi
20 Mar, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.