Jurnalist va muharrirlar uchun Oksford Universitetidan 6 oygacha toʻliq moliyalashtiriladigan dastur — The Journalist Fellowship Programme

Jurnalist va muharrirlar uchun Oksford Universitetidan 6 oygacha toʻliq moliyalashtiriladigan dastur — The Journalist Fellowship Programme

  • 10/01/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 19.02.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 7

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Reuters Institutidagi Jurnalistlar Hamdoʻstlik dasturi oʻrta darajadagi tajribaga ega boʻlgan, jurnalistikaning yangiliklar boʻlimida faoliyat olib borayotgan jurnalist va muharrirlarga oʻzlarining professional sohasini yanada chuqurroq oʻrganish va real loyihalar ustida ishlash imkoniyatini beradi.

Hamdoʻstlik dasturi Reuters Instituti va Oksford Universiteti tomonidan tashkil etiladi. Dastur 3 oydan 6 oygacha davom etadi. 2024/2025-yilgi dastur uchun hujjat topshirish mumkin va dastur oktyabr, yanvar yoki aprel oylarida boshlanadi. Dasturga jami 30 nafar mutaxassislar qabul qilinadi.

Mustaqil tadqiqot va izlanishlar, seminarlar, netvorking va xorijiy hamkasblar bilan munozaralar orqali ishtirokchilar jurnalistika, yangiliklar sanoati va oʻzlarining ushbu sohadagi oʻrnini yanada chuqurroq tushunib yetadilar. Ishtirokchilar Oksfordda boʻlgan vaqtida, oʻzlariga, professional faoliyati, jurnalistikaning yangiliklar sanoati va umuman olganda media sanoatiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan loyiha ustida ishlaydilar va hamdoʻstlik dasturi davomida oʻrgangan bilimlarini amaliy sharoitda qoʻllaydilar.

Dastur ishtirokchilari Oksford universitetining eng ilgʻor oʻquv imkoniyatlari, yetakchi tadqiqot markazlari, keng koʻlamli taʼlim yordamidan foydalanish imkoniga ega boʻladi.

Dasturning oʻziga xos jihatlari va imkoniyatlari haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Maqbullik shartlari

Nomzodlar dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Jurnalist sifatida yangiliklar boʻlimida 5 yildan oshiq ish tajribasiga ega boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini bilish darajasi yuqori boʻlishi kerak (kamida IELTS 7.0 / TOEFL 100);
  • Hujjat topshirish jarayonida nomzod yuqori salohiyat va tajribaga ega ekanligini koʻrsatib bera olishi lozim.
  • Jamoat ishlari, jamoatchilik bilan aloqalar yoki korporativ aloqa sohasida ishlaydiganlar dasturda qatnasha olmaydi.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan muvaffaqiyatli nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Turar-joy, ovqatlanish va boshqa yashash xarajatlarini qoplash uchun £2000 ($2735) oylik stipendiya;
  • Buyuk Britaniyaga borish va qaytish parvoz xarajatlari;
  • Viza xarajatlari;
  • Dastur toʻlovlari toʻliq qoplanadi.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Talab etiladigan hujjatlar:

  • Bir betli loyiha bayonoti (project statement). Bayonotda ushbu savollarga javob berilishi lozim (PDF formatda):
    •  What is the idea that you plan to spend your time with us working on?
    • What can you spend time reading about?
    • Who will you talk to?
  • Loyihaning maqsadini yoritib beruvchi 150 soʻzdan iborat qisqa bayonot;
  • Motivatsion xat (PDF formatda). Xatda ushbu savollarga javob berilishi lozim:
    • Why are you ready for a fellowship?
    • Why do you want to do this project at the Reuters Institute?
    • What will you do with your project once you return to the newsroom? 
  • 2 betli CV. Akademik va professional faoliyatini oʻz ichiga olishi lozim (PDF formatda);
  • 2ta tavsiyanoma. Har bir tavsiyanoma 1 betdan oshmasligi kerak (PDF formatda).

Har bir PDF formatidagi hujjat hajmi 25MB dan oshmasligi kerak.

Talab etiladigan hujjatlar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Murojaat uchun: reuters.institute@politics.ox.ac.uk 

Buyuk Britaniya
Jurnalist va muharrirlar uchun Oksford Universitetidan 6 oygacha toʻliq moliyalashtiriladigan dastur — The Journalist Fellowship Programme

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar