Jurnalistika sohasida magistratura bosqichini Yevropaning nufuzli universitetlarida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Erasmus Mundus Journalism dasturi. Stipendiya miqdori- €49.000

Jurnalistika sohasida magistratura bosqichini Yevropaning nufuzli universitetlarida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Erasmus Mundus Journalism dasturi. Stipendiya miqdori- €49.000

  • 01/11/2023 Qabul boshlanishi
  • Stipendiya Moliyalash turi
  • Yevropa Davlat
  • 10/01/2024 16:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan
  • IELTS talabi
    minimum 7

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Erasmus Mundus Journalism jurnalistika sohasi boʻyicha dunyo boʻylab barcha kuchli bilim va tajribaga ega yoshlarga Yevropaning eng nufuzli ikki universitetida magistratura bosqichida bilim olish imkoniyatini taqdim etadi.

Ushbu dastur talabalarga jurnalistika, ommaviy axborot vositalari va globallashuv sohasidagi dolzarb mavzular boʻyicha eng soʻnggi bilimlarni oʻrganishga imkon beradi. Oʻquv dasturi ishtirokchilarga ommaviy axborot vositalari, siyosat, texnologiya va madaniyat borasidagi oʻzgarishlarni tahlil qilish, sharhlash va tushunish qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Umuman olganda, dastur talabani global miqyosda jurnalistikaning ijtimoiy va madaniy qonuniyligini takomillashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy ishlar olib borishga tayyorlaydi. Qolaversa, talablar dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridagi tengdoshlari va xodimlari bilan, fanlararo va koʻp madaniyatli muhitda muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Ushbu dastur 2024-2026-oʻquv yili uchun jami 24 nafar eng bilimli talabalarga €49.000 miqdorida stipendiya taqdim etadi. Dastur davomida Aarhus University, The Danish School of Media and Journalism (DMJX), University of Amsterdam, University of London, Charles University in Prague, Ludwig-Maximilians-Universität München kabi oliygohlarda oʻqish imkoniyati mavjud. Batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Dastur haqidagi maxsus videoni ushbu havola orqali koʻrish mumkin. Hozirda ushbu dastur boʻyicha taʼlim olayotgan talabalar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin:

 

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzod jurnalistika yoki unga turdosh yoʻnalishda bakalavr bosqichini bitirgan yoki hozirda bitiruvchi kurs talabasi boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini mukammal darajada bilishi shart. IELTS 7/TOEFL iBT 100 talab etiladi;
  • Jurnalistika sohasida kamida 3 oylik ish tajribasiga ega boʻlishi kerak;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar barcha xarajatlari uchun €49,000 miqdorida stipendiya bilan ta'minlanadilar;
  • Daniya, Angliya, Niderlandiya, Germaniya yoki Chexiyadagi nufuzli universitetlarning (kamida ikkitasi) qo'shma diplomiga ega bo'ladi.

Maʼlumot uchun: ushbu 2 yillik magistratura dasturida oʻqish kontrakt toʻlovi €18,000 ni tashkil qiladi.

Hujjat topshirish

Dasturda ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtiladi va ariza topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Toʻldirilgan ariza shakli;
  • Universitet diplomi va baholari. Bitiruvchi talabalar shu kungacha universitetda olgan baholarini taqdim etishlari mumkin;
  • Jurnalistika boʻyicha ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat;
  • Til bilishni tasdiqlovchi hujjat. Bunda IELTS 7 (har bir koʻnikmasi kamida 6 boʻlishi kerak), TOEFL iBT 100 talab etiladi;
  • CV;
  • 2 ta tavsiyanoma. Bittasi akademik oʻqituvchi tomonidan, bittasi ish joyidan berilishi va band@au.dk elektron manzilga joʻnatilishi kerak. Tavsiyanoma talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • Mavjud boʻlsa, tibbiy kasalligi haqida maʼlumotnoma.

Barcha hujjatlar bitta hajmi 10 MB dan oshmagan PDFga joylanadi va ushbu hujjatga nomzod ism-familiyasi,oʻqimoqchi boʻlgan shahar nomi (Amsterdam, London, Myunich yoki Praga) va Category A deb yoziladi. Hujjatlar tayyor boʻlgach ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtadi va ariza topshirish yakunlanadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Ariza topshirish yakunlangan soʻng natijalar 2024-yil mart oyi boshlarida eʼlon qilinadi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun mundusjournalism@au.dk elektron manzilga murojaat qilish mumkin.

Dasturga ariza topshirish bosqichlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish lozim.

Dastur davomida oʻqish mumkin boʻlgan universitetlar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Yevropa
Jurnalistika sohasida magistratura bosqichini Yevropaning nufuzli universitetlarida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Erasmus Mundus Journalism dasturi. Stipendiya miqdori- €49.000

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar