Jurnalistika sohasiga qiziquvchi barcha talabalar uchun British Council tomonidan Future World News 2022 konferensiyasida ishtirok etish imkoniyati
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
12 Iyn, 2022 · Muddat tugagan

Jurnalistika sohasiga qiziquvchi barcha talabalar uchun British Council tomonidan Future World News 2022 konferensiyasida ishtirok etish imkoniyati

Konferensiya Bepul ishtirok

Tavsif

Future News WorldwideBritish Council va dunyoning baʼzi yetakchi media tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlik dasturi hisoblanadi; BBC, Google, Reuters, The Herald, The Quint va Buyuk Britaniyaning jurnalistika maktablari. Dasturning asosiy maqsadi global jurnalistlarning keyingi avlodini aniqlash, tayyorlash va bogʻlashdan iborat.

Har yili oʻtkaziladigan “Future News Worldwide” konferensiyasi dasturning asosiy yoʻnalishi boʻlib, har yili iyul oyida 100 nafar yosh jurnalistni teleradiokompaniyalar, muharrirlar va muxbirlardan oʻrganish va butun dunyo boʻylab tengdoshlari bilan uchrashish uchun birlashtiradi. Konferensiyadan soʻng delegatlar FNW bitiruvchilari tarmogʻiga qoʻshilishadi. 2022-yilda sammit 3 kun davomida virtual tarzda oʻtkaziladi.

Ishtirokchilar 2022-yil 12-13-14-iyul kunlarida (har kuni 3 soatdan) maxsus taklif etilgan maʼruzachilarning fikrlarini eshitish, pitching seminarida qatnashish va boshqa butun dunyodan yigʻilgan yosh jurnalistlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.

2022-yilgi konferensiya mavzusi: Oʻzgargan dunyo muammolariga javob berish uchun jurnalistika uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar, yordam va chidamlilikni shakllantirish.

Konferensiya haqida batafsil maʼlumot bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlov talablari:

  • Har qanday millat vakillari ishtirok etishi mumkin;
  • Nomzod 2022-yil 1-iyul holatida 18-25 yosh boʻlishi lozim;
  • Bakalavriat yoki magistratura talabasi (har qanday yoʻnalish boʻyicha), 2021-yil 1-iyuldan keyin OTMni tamomlagan bitiruvchilar ishtirok etishi mumkin;
  • IELTS 6.5 darajasida yoki ekvivalentida ingliz tilida soʻzlasha olishi lozim;
  • Future NEWS yoki Future News Worldwide tadbirida ilgari ishtirok etmagan boʻlishi kerak;
  • Har qanday shaklda jurnalistika sohasiga qiziqishi va 2022-yil 12-13-14-iyul kunlari (kuniga 3 soat) onlayn konferensiyaning barcha 3 kunida qatnasha olishi lozim.

Tanlov talablari va shartlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov asosida saralangan talabalar:

  • Future News Worldwide 2022 onlayn konferensiyasida ishtirok etish;
  • 400 dan ortiq aʼzolari bilan Future News Worldwide bitiruvchilari tarmogʻiga qoʻshilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Onlayn konferensiyada ishtirok etish shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Nomzodlar onlayn ariza shaklini toʻldirishlari lozim:

  • Ayrim shaxsiy maʼlumotlar soʻraladi;
  • Rasmiy saytda koʻrsatilgan 2ta insho savollariga javob yozishi lozim.

Ariza berish oxirgi muddatiga qadar onlayn arizaga oʻzgartirish kiritish mumkin.

Tanlovdan oʻtgan ishtirokchilardan muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari talab qilinadi (1 hafta muddat ichida):

  • ID/Pasport nusxasi;
  • Talabalik guvohnomasi/bitirganligini tasdiqlovchi hujjat;
  • Ishtirokchining jurnalistik qobiliyati va koʻnikmalarini tasvirlab beruvchi ingliz tilidagi professional tavsiyanoma.

Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Ushbu havola orqali konferensiyada ishtirok etish uchun tanlov talablari va shartlari haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 25

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

Buyuk Britaniya Jurnalistika sohasiga qiziquvchi barcha talabalar uchun British Council tomonidan Future World News 2022 konferensiyasida ishtirok etish imkoniyati
12 Iyn, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.