Jurnalistika sohasiga qiziquvchi barcha yosh mutaxassislar uchun bepul ta'lim olish va amaliy ko'nikmaga ega bo'lish imkoniyati - "Bugun" jurnalistlar maktabining ikkinchi mavsumi.
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Jurnalistika sohasiga qiziquvchi barcha yosh mutaxassislar uchun bepul ta'lim olish va amaliy ko'nikmaga ega bo'lish imkoniyati - "Bugun" jurnalistlar maktabining ikkinchi mavsumi.

Kurslar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“Bugun jurnalistlar maktabi”ning ikkinchi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi. Jurnalistika sohasiga qiziquvchi, shu sohada qisqa muddatli intensiv ta'lim olish va amliyotga ega bo'lish istagidagi yosh mutaxassislar hujjat topshirishlari mumkin.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarga xabar beriladi. Darslar noyabr oyida boshlanadi. Dars kunlari va soatlari saralab olingan o'quvchilar bilan kelishiladi.

Darslar oflayn mashg'ulotlar shaklida 1 oy davomida Toshkent shahrida tashkil etiladi. Bu muddatda jami 12 ta dars o'tilib (har biri 1 soatdan), asosiy bilimlar beriladi. Undan so'ng sertifikatsiya va xayrlashuv marosimi bo'lib o'tadi, bir necha kundan so'ng esa eng yaxshi o'quvchilarga mehnat shartnomasi taklif qilinadi.

Muhim: Darslar va amaliyot intensiv bo'ladi. Darsdan tashqari uy vazifalariga, matn yozishga ko'p vaqt ajratilishi kerak bo'ladi. Maktabda o'qishni istaydigan har bir talabgor buni inobatga olib, yetarlicha vaqt ajratishi va qattiq ishlashga tayyor bo'lishi lozim. Qabul qilingan nomzod o'qiydigan yoki ishlaydigan joyidan tegishli soatlarga ruxsat olib, maktabga asosiy e‘tiborini qaratishi talab etiladi. Darslarni qoldirishga, vazifalarni bajarmaslikka ruxsat etilmaydi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

  • 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yosh mutaxassis boʻlishi;
  • Jurnalistika sohasida bilimi yoki tajribasi boʻlishi shart emas, hatto boshqa sohani yaxshiroq bilgani maʼqul;
  • Oʻzbek tilida yaxshi yoza olishi, fikrini erkin ifodalay olishi kerak;
  • rus yoki ingliz tillarini yaxshi darajada bilishi foydadan holi emas;
  • Ahil jamoada oʻqishga va ishlashga tayyor, kirishuvchan va insonlar bilan tez til topishadigan boʻlishi lozim.

 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Bepul ta‘lim beriladi;
  • Qisqa muddatda o'quvchilarning jurnalistik faoliyatida kerak bo'ladigan barcha zarur bilim va ko'nikmalar o'rgatiladi;
  • Jurnalistikaning eng zamonaviy, ilg'or sohalari va jihatlari bo'yicha ma‘lumot beriladi;
  • Har bir o'quvchiga individual yondashilib, o'zi qiziqqan format va janrlarda ijod qilish o'rgatiladi;
  • Amaliyot «Bugun.uz» strukturasida o'tkaziladi;
  • Eng yaxshi o'quvchilar ishga olib qolinadi.

Topshirish jarayoni

Telegram bot manziliga quyidagi hujjatlar yuboriladi:

1) maʼlumotnoma (obyektivka, CV); unda kontakt maʼlumotlar — telefon raqami va elektron pochta manzili (gmailʼda) aks etgan boʻlishi shart;

2) Oʻzbekcha yozilgan matn (chop etilgan yoki chop etilmagan);

3) Ruscha yoki inglizchadan qilingan qisqa tarjima (oʻz xohishiga koʻra matn tanlab).

Qo'shimcha ma'lumot

Maktabning birinchi mavsumini muvaffaqiyatli tamomlagan jami 12 nafar oʻquvchilardan 8 nafari ishga olib qolingan edi. Ayni paytda ular muxbir, yangilik yozuvchi, masʼul muharrir, sport boʻlimi muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari kabi lavozimlarda faoliyat olib bormoqda.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 25

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Jurnalistika sohasiga qiziquvchi barcha yosh mutaxassislar uchun bepul ta'lim olish va amaliy ko'nikmaga ega bo'lish imkoniyati - "Bugun" jurnalistlar maktabining ikkinchi mavsumi.
30 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.