Jurnalistika sohasiga qiziquvchilar uchun Belgiyada sayohat va turar-joy xarajatlari toʻliq qoplanuvchi “Youth4Regions” oʻquv dasturi
Belgiya Belgiya
12 Iyl, 2021 · Muddat tugagan

Jurnalistika sohasiga qiziquvchilar uchun Belgiyada sayohat va turar-joy xarajatlari toʻliq qoplanuvchi “Youth4Regions” oʻquv dasturi

Bakalavr Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

​"Youth4Regions" — Yevropa Ittifoqining jurnalistika fakulteti talabalari va yosh jurnalistlarga Ittifoqning oʻz mintaqalaridagi faoliyati bilan tubdan tanishishlariga yordam berish niyatida tashkil etilgan dastur hisoblanadi.

Dastur Bryussel shahrida 10-15- oktyabr kunlari oʻtkaziladi:

  • 10-oktabr - Trening darslar
  • 11-14-oktabr - Yevropa Ittifoqi mintaqasi haftaligi
  • 15-oktabr - Ommaviy axborot vositalari va tashkilotlari institutlariga tashrif.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yevropa Ittifoqi mintaqaviy siyosatining oʻz yashash mintaqasidagi faoliyati bilan qiziqish;
  • Jurnalistika sohasida oʻqiyotgan boʻlish yoki ushbu sohada 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
  • Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlat yoki unga qoʻshni mamlakat fuqarosi boʻlish (Oʻzbekiston ham kiradi);

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Jurnalistika va Yevropa Ittifoqining mintaqaviy siyosati boʻyicha treninglar;
  • Taniqli jurnalistlardan dars olish imkoniyati;
  • Turar joy va sayohat xarajatlari qoplab beriladi.
  • Yevropa Ittifoqi mintaqalari haftaligi davomida taniqli jurnalistlar bilan yonma-yon ishlash imkoniyati;
  • Yevropa Ittifoqi boʻyicha Ommaviy axborot vositalari shtab-kvartirasi va Yevropa Ittifoqi institutlarining tashriflari;
  • Jurnalist sifatida Yevropa Komissiyasining aʼzo davlatlariga matbuot safarlarida qatnashish uchun imkoniyat.

Topshirish jarayoni

  • Arizalar ushbu havola orqali 2021-yilning 12-iyuli Oʻzbekiston vaqti bilan 20:00, Markaziy Yevropa vaqti bilan (CET) 17:00 gacha topshirilishi kerak;
  • Ariza topshirish jarayonida nomzodlardan 2500-2600 soʻzdan iborat qisqa maqola yoki 2-3-daqiqalik qisqa video yuborish talab etiladi. Maqola yoki video Yevropa Mintaqaviy Taraqqiyot Fondi yoki “Cohesion” Fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalardan birini tasvirlashga bagʻishlanishi kerak;
  • Natijalar 2021-yil 9-avgust kuni eʼlon qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Facebook: https://www.facebook.com/EUinmyregion

Twitter: https://twitter.com/EUinmyRegion

Youtube: https://www.youtube.com/c/euinmyregion

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 30

Belgiya Jurnalistika sohasiga qiziquvchilar uchun Belgiyada sayohat va turar-joy xarajatlari toʻliq qoplanuvchi “Youth4Regions” oʻquv dasturi
12 Iyl, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.