Tavsif
The Summer School of Journalism and Socio-cultural Research - jurnalistika va ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar yozgi maktabi butun dunyodan yosh jurnalistlar, blogerlar va tadqiqotchilar uchun individual ishtirokchilarni qabul qiluvchi intensiv dasturdir.
Bu yil maktab 2024-yilning 14-iyulidan 27-iyuligacha Germaniyaning Dortmund shahridagi Erich Brost Xalqaro Jurnalistika Institutida boʻlib oʻtadi. Maktab ajoyib media-trening va soha mutaxassislari bilan aloqa tarmogʻini kengaytirish uchun noyob imkoniyatdir.
Dasturning eng muhim jihati ishtirokchilarning professional muharrirlar ishtirokidagi seminarlarda ishlab chiqadigan va oʻquv dasturini tugatgandan soʻng yakunlovchi media loyihalaridir. Darslarning birinchi haftasi ingliz tilida, ikkinchi haftasi esa rus tilida olib boriladi.
2024-yilgi dastur mavzulari:
- OAV erkinligi va raqamli avtoritarizm;
- 2022-yilgacha va undan keyin davrda Rossiya ommaviy axborot vositalari tizimi;
- Jurnalistikadagi axloqiy dilemmalar va ularni bartaraf etish yoʻllari;
- Jurnalist xavfsizligi;
- Tergоv jurnalistikasi: usullari, axborot manbalari va sanksiyalarni chetlab oʻtish;
- Media boshqaruvi;
- Hikoya va hujjatli filmlar yaratish;
- Reels sanʼati (The Art of Reels)
- Global janubning dunyodagi oʻrni.
Yozgi maktab va uning imkoniyatlari bilan batafsil rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.