Tavsif
The Certificate Training in “Conflict Sensitive Journalism” (“Ziddiyatlarga Sezgir Jurnalistika”) trening-dasturi reportajlar va ommaviy axborot vositalarining turli ziddiyatlarga boʻlgan taʼsiriga bagʻishlangan dastur hisoblanadi.
Ziddiyatlarga sezgir jurnalistika nafaqat faktlarni toʻgʻri yetkaza oladi, balki bu konfliktlarning murakkabligini va reportajning odamlarga va keng ommaga taʼsirini koʻrsatib bera oladi. 4 kunlik “Konfliktga sezgir jurnalistika” seminari media sohasida ishlaydiganlar uchun ziddiyatlarni oʻrganishning asosiy elementlari boʻyicha keng qamrovli tushunchalar beradi, nizoli vaziyatlar haqida xabar berishda jurnalist etikasi haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Dastur tashkilotchilari — Bishkekda joylashgan OSCE Akademiyasi va Germaniyaning CRISP tashkiloti.
Trening 2023-yilning 25-28 sentabr kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi. Trening-dastur toʻliq ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilarning barcha xarajatlari dastur tashkilotchilari tomonidan qoplab beriladi.
Dastur soʻnggida qatnashchilarga sertifikat taqdim qilinadi.
Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2023-yil, 7-avgust, soat 11:00 gacha.