Tavsif
Joan Shorenstein Fellowship - Joan Shorenshteyn stipendiyasi dasturi jurnalistlar, olimlar va siyosatchilarga ommaviy axborot vositalari va siyosat sohasi uchun muhim bo'lgan masalalar bo'yicha fikr yuritish, tadqiq qilish va yozish imkoniyatini beradi.
Dasturga quyidagi kategoriyalar bo'yicha nomzodlar ariza topshirishlari mumkin:
- Jurnalist kategoriyasiga muxbirlar, muharrirlar, sharhlovchilar, prodyuserlar, media-biznes rahbarlari va tegishli, professional yangiliklar tashkilotlari hodimlari yoki to'liq stavkadagi frilanser sifatida kamida besh yillik to'liq ish tajribasiga (universitet talabasi sifatida qilingan ishni hisobga olmaganda) ega nomzodlar ariza topshirishlari mumkin;
- Siyosatchi kategoriyasiga milliy yoki yuqori darajadagi davlat idorasiga saylovoldi tashviqotini olib borgan va saylangan kishi yoki siyosat va siyosat sohasidagi aloqa mutaxassislari, masalan, nutq mualliflari, matbuot kotiblari ariza topshira oladilar;
- Olim kategoriyasi bo'yicha siyosatshunoslik, siyosiy kommunikatsiya, jurnalistika, xalqaro siyosiy kommunikatsiya yoki Shorenshteyn markazining tadqiqot sohalariga tegishli yo'nalishlarda kollej, universitet yoki tadqiqot muassasasida ishlaydigan yoki ishlagan professorlar dasturga qabul qilinadi;
- Siyosatchi kategoriyasiga Vazirlar mahkamasidagi yuqori darajali mansabdor shaxs yoki milliy lavozimga nomzodning maslahatchisi.
Dastur AQShning Massachustes shtati Kembrij hududida 4 oy muddatda davom etadi. Dastur to'liq ingliz tilida bo'ladi.
Dasturga yilda 2 marta qabul bo'ladi:
- Kuzgi semestr (Sentyabr - Dekabr)
- Bahorgi semestr (Fevral - Mart)
Dasturga oldin qabul qilingan nomzodlar va ularning ishlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tanlangan ishtirokchilarga umumiy miqdorda 40,000 AQSh dollar stipendiya hamda izlanish olib borishlari uchun barcha zarur resurslar beriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.