Jurnalistlar surishtiruv loyihalarini qo'llab quvvatlashga qaratilgan, umumiy sovrin jamg'armasi $20,000 ni tashkil qiluvchi NewsPrize tanlovi
Ukraina Ukraina
30 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Jurnalistlar surishtiruv loyihalarini qo'llab quvvatlashga qaratilgan, umumiy sovrin jamg'armasi $20,000 ni tashkil qiluvchi NewsPrize tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

NewsPrice - rus tilidagi xalqaro media loyiha bo‘lib, uning asosiy maqsadi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda tadqiqot jurnalistikasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Agar sizda surishtiruv jurnalistikasiga doir loyihangiz mavjud bo'lsa va uni amalga oshirish uchun mablag'ingiz bo'lmasa - bu grant aynan siz uchun. Brant jurnalistik surishtiruv ishlari va odamlar muammolari haqida qiziqarli materiallar tayyorlash va ommaga yetkazish maqsadida bo‘lgan jurnalistlar uchun mo‘ljallangan. 

Grantning umumiy miqdori $20,000 ni tashkil qiladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodan  bo‘lishi
  • Jurnalistika sohasida kamida 3 yil faoliyat olib borgan bo‘lishi
  • Nomzod jurnalistik surishtiruv yo‘nalishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyiha mavzularidan xabardor bo‘lishi
  • Doimiy va frilanser jurnalistlar, yangiliklar va tahliliy nashrlar bo‘yicha tajribaga ega muharrirlar hamda notijorat tashkilotlar faoliyat yurituvchi jurnalistlar ham ariza topshirishlari mumkin

Ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Grantning umumiy miqdori $20,000
  • O‘rtacha miqdori $2,000-2,500 tashkil qilib, grantning birinchi qismi loyiha tasdiqlanganda, ikkinchi qismi maqola nashrdan chiqqandan so‘ng beriladi

Eslatma: Grantni ofis ijaraga olish, ofis uchun asbob-uskunalar sotib olish kabi xarajatlarni qoplash uchun ishlatish mumkin emas

Ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin

Topshirish jarayoni

Hujjat topshirish tartibi:

  1. Onlayn tarzda forma to'ldiriladi
  2. Savollarga imkon qadar batafsil javob berish tavsiya qilinadi

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Ukraina Jurnalistlar surishtiruv loyihalarini qo'llab quvvatlashga qaratilgan, umumiy sovrin jamg'armasi $20,000 ni tashkil qiluvchi NewsPrize tanlovi
30 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.