Tavsif
Dastur rivojlanayotgan davlatlardagi yosh jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida Amerikadagi “Alfred Friendly Press Partners” tomonidan tashkil etilgan.
Dastur 2025-yil iyun oyida boshlanib 2 oy davomida Kolumbiadagi Missuri Jurnalistika maktabida oʻtkaziladi. Dastur uchun jami 10 nafar nomzod va 2 ta zaxira nomzod tanlanadi (kimdir dasturni bekor qilishi kerak boʻlgan holatni inobatga olgan holda).
Dastur quyidagi sohalarda koʻnikmalar va barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan:
- Security;
- Legal;
- Journalism;
- Climate.
Dastur davomida ishtirokchilar Amerika hayoti va jurnalistika sohasida tajriba yigʻish boʻyicha seminar-treninglarda ishtirok etishadi.
Maʼlumot uchun: “Alfred Friendly Press Partners” fondi shu kungacha 90 dan ortiq davlatlardan kelgan 400 dan ortiq jurnalistlarni professional karyeralarini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.