Tavsif
Iqlim iqtisodiyotiga qiziqqan jurnalistlar uchun xarajatlari qoplanadigan Climate Economics Journalism Fellowship dasturi taqdim etiladi.
Iqlim o'zgarishi sayyoramizni o'zgartirayotgani kabi iqtisodiyotni ham tez va chuqur o'zgartirmoqda. Dasturdan maqsad esa ana shu o'zgarishlarni yoritish uchun qobiliyatli jurnalistlarni jalb qilish, iqlim iqtisodiyoti haqida global miqyosda tan olingan mutaxassislardan bilim olish hamda sohaning tayanch omillari va so'nggi tendensiyalarini muhokama qilish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Dastur doirasida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
- How Climate Change is Roiling the Housing and Insurance Markets;
- Climate Risks to Financial Stability;
- How Climate Change is Altering Corporate Decision Making;
- The Economics of Climate Regulation + Carbon Markets;
- Biodiversity Loss as an Emerging Economic Risk;
- The Fast-Changing Economics of Renewable Energy and Electric Vehicles;
- Emerging Regulatory and Legislative Trends in Climate Finance and Economics.
Dastur 2025-yil 18-19-sentyabr kunlari AQShning Nyu-York shahrida joylashgan NYU Stern’s Greenwich Village kampusida o'tkaziladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.