Tavsif
BMTning iqlim oʻzgarishlari boʻyicha oʻtkaziladigan konferensiyani yoritishni istagan jurnalistlar uchun Turkiyada oʻtkaziladigan 2 haftalik dastur — COP31 CCMP Reporting Fellowship Program taqdim etiladi.
Dasturdan asosiy maqsad dunyoning turli mamlakatlaridagi jurnalistlarga iqlim muzokaralarini oʻz auditoriyalari uchun yoritish, tajribali media-trenerlar bilan ishlash hamda davlatlarning iqlim oʻzgarishining global taʼsiriga qanday javob berayotgani yoki javob bera olmayotgani haqida har tomonlama tushunchaga ega boʻlish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Shuningdek, ishtirokchilar reportaj gʻoyalari va maqola loyihalari boʻyicha professional trenerlaridan muntazam fikr-mulohaza olishga ragʻbatlantiriladi.
Bu yilgi konferensiya 2026-yil 9-20-noyabr kunlari Turkiyaning Antalya shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun: 2007-yildan buyon 19-marotaba oʻtkazilib kelinayotgan CCMP Fellowship dasturi past va oʻrta daromadli mamlakatlardan 550 nafardan ortiq jurnalistga iqlim boʻyicha muzokaralarda qatnashish va ular haqida reportajlar tayyorlash imkoniyatini yaratadi.
Bu yil ilk bor ushbu dasturda professional OAVga bogʻliq boʻlmagan, ammo jurnalistik usullar va kontent yaratish texnikalaridan foydalangan holda iqlimga oid mavzularni ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli platformalar orqali auditoriyaga yetkazadigan mustaqil kontent yaratuvchi jurnalistlar ham qatnashishi mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.