Xalq Ta'limi Vazirligidan O'zbekiston jurnalistlar va bloggerlari tanlovi. G'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 May, 2021 · Muddat tugagan

Xalq Ta'limi Vazirligidan O'zbekiston jurnalistlar va bloggerlari tanlovi. G'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Jamiyatda oʻqituvchilarga boʻlgan hurmat-eʼtiborni yanada oshirish, ota-onalar hamda oʻquvchi yoshlar oʻrtasida taʼlim-tarbiyaning ahamiyatini keng targʻib etish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi Jurnalist va bloggerlar o'rtasida tanlov e'lon qiladi. Ijodiy ishlar 2021-yilning 13-martidan 1-iyunigacha boʻlgan davrda taqdim etilishi va shu davr oraligʻida eʼlon qilingan boʻlishi shart. G'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi: 
    Eng yaxshi bosma OAV jurnalisti, internet nashr jurnalisti; tele-jurnalist; radio-jurnalist;
  • Eng yaxshi fotosuratchi va videolavha;
  • Eng yaxshi bloger;

G'oliblar quyidagi mezonlar boʻyicha aniqlanadi:

  • Chuqur maʼnoli, yaxshi tadqiq etilgan, mazmundor material;
  • Misollar va ishonarli faktlarga asoslangan material;
  • Gʻoyasi aniq ifodalangan material;
  • Kreativ yondashuv;
  • Yoritishdagi mahorat;
  • Mavzuning dolzarbligi;
  • Materialni taqdim etish shakllarining yangiligi va oʻziga xosligi;
  • Ijtimoiy tarmoqlar yohud OAV orqali ommalashgani.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • G'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Topshirish jarayoni

Tanlovda qatnashish istagidagi boʻlgan jurnalistlar oʻz ishlarini @tanlov_xtvbot manziliga yuborishlari lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Gʻoliblarni taqdirlash

Tanlov gʻoliblari 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami arafasida eʼlon qilinadi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

O‘zbekiston Xalq Ta'limi Vazirligidan O'zbekiston jurnalistlar va bloggerlari tanlovi. G'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi
31 May, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.