2022 Central Asian Journalism Summer Institute — Markaziy Osiyo Jurnalistika Yozgi Instituti professional faoliyatining dastlabki bosqichidagi jurnalistlar va jurnalistika yoʻnalishi talabalariga jurnalistika va ommaviy axborot vositalari (OAV) sohasidagi zarur boʻlgan kasbiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan trening dasturi.
Yozgi institut ishtirokchilarning maʼlumotlar jurnalistikasi, raqamli OAV, ijtimoiy tarmoq, podkasting va hikoya qilish (storytelling) kabi sohalarda koʻnikmalarini rivojlantirish uchun interaktiv oʻquv dasturini taqdim etadi. Dastur shuningdek, ishtirokchilarning jurnalistika axloqi, manbalarni tekshirish va notoʻgʻri maʼlumot berish (disinformation) haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Yozgi institut Markaziy Osiyo boʻylab ishtirokchilar uchun ochiq boʻlib, Markaziy Osiyo mustaqil jurnalistlari va media tashkilotlarining mintaqalararo tarmogʻini rivojlantirishga qaratilgan. Ishtirokchilar trening davomida birgalikda hamkorlik qiladilar va vatanga qaytganlaridan soʻng, mintaqaviy jurnalistlarning kengroq tarmogʻi, jumladan GOViral tarmogʻi orqali aloqa qilishda davom etadilar.
Markaziy Osiyo Jurnalistika Yozgi Instituti 2022-yilning 13-iyundan 1-iyuliga qadar Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida, Markaziy Osiyo Amerika Universitetida (AUCA) oʻtkaziladi. Yozgi institut rus tilida olib boriladi.
Trening modullari:
Markaziy Osiyo Jurnalistika Yozgi Instituti AQSh Davlat Departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan va Meridian Xalqaro Markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyo OAV almashinuv dasturining bir qismi hisoblanadi.
Yozgi institut haqida batafsil maʼlumot bilan rus va ingliz tillarida ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar:
Ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
Dastur talablari bilan batafsil rasmiy eʼlonning tegishli bandida (Eligibility and Selection) tanishib chiqish mumkin.
Dastur stipendiyasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Stipendiya uchun tanlov jarayonida, yozgi institutda toʻliq muddatda (3 hafta) qatnashishga tayyor boʻlgan nomzodlar inobatga olinadi.
Qoʻshimcha savollar va murojaat uchun: CASummerInstitute@meridian.org