Tavsif
Academic and Business Writing onlayn kursi Kaliforniyaning Berkeley universiteti tomonidan tashkillashtirilgan boʻlib, ingliz tilida yozish mahoratini akademik va professional ishlash uchun oʻrganmoqchi boʻlganlarga moʻljallangan. Kurs ingliz tilidagi yozish uslublarini tushunish, grammatik toʻgʻri yozishni rivojlantirish, lugʻat boyligini oshirish, qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish kiritish, tahrirlash va chop etish mahoratini rivojlantirishga qaratilgan. Ishtirokchilarga dars materiallari video yoki yozma shaklda taqdim etiladi. Dars davomida qisqa yozuv vazifalari, quizlar, jurnal yozuvlari va uzunroq insholar yozish kabi vazifalar beriladi.
Kurs 6 haftaga moʻljallangan boʻlib, haftada 3-5 soatgacha darslar oʻtiladi. Kurs mutlaqo bepul, ammo $199 pul toʻlangan taqdirda ishtirokchilarga berilgan vazifalar tekshirib beriladi hamda dastur soʻnggida sertifikat taqdim etiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.