Tavsif
Aspire instituti butun dunyo boʻylab kam taʼminlangan talabalar va yaqinda bitirganlar uchun yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan Aspire Leaders Program dasturini taqdim etadi.
Dasturning asosiy maqsadi har bir yosh oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqaradigan, oʻz yetakchiligi va isteʼdodi orqali gullab-yashnayotgan jamiyatlar qurishga hissa qoʻshadigan kelajak yaratishdir.
Kurs onlayn tarzda olib boriladi va uchta moduldan iborat:
- 1-modul: Shaxsiy va kasbiy rivojlanish (3 haftalik);
- 2-modul: Aspire Horizons Course (5 haftalik);
- 3-modul: Immersive Learning.
Kursni bitirganlar yosh liderlar, murabbiylar va ijtimoiy taʼsirni moliyalashtirish hamjamiyatiga kirish huquqiga ega boʻlishadi.
Ayni рaytda dasturning 2026-yili 1-mavsumiga arizalar qabul qilinmоqda. Arizalar 2026-yil 30-yanvargacha qabul qilinadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.