“Kamalak” bolalar tashkiloti va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan media sohasiga qiziquvchilar uchun “Eko fokus” fotolar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
17 Fev, 2022 · Muddat tugagan

“Kamalak” bolalar tashkiloti va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan media sohasiga qiziquvchilar uchun “Eko fokus” fotolar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Kamalak bolalar tashkiloti tomonidan media sohasiga qiziquvchilar uchun “Eko fokus” foto tanloviga start berildi. “Eko fokus” fotolar tanlovi — oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni fotografiya sohasiga qiziqtirish, yoshlarning qalbida ona tabiatga muhabbat uygʻotish, ekologiya va atrof-muhitni asrab-avaylash, ekosavodxonlikni keng targʻib qilish maqsadida oʻtkaziladi.

Tanlovda 10 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan maktab va kollej yoki akademik litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan foto kamera yoki mobil qurilmalari yordamida suratlar qabul qilinadi. Ishtirokchi fotosuratini oʻzi nomlaydi va asosiy eʼtiborni ekologiya va atrof muhitni asrab avaylashga qaratishi lozim.

Tanlov gʻoliblari “Kamalak” bolalar tashkiloti va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda barcha 10 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan maktab va kollej yoki akademik litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin;

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov gʻoliblari “Kamalak” bolalar tashkiloti va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan diplom va quyidagi esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar:

  • 1-oʻrin — 128 gb fleshka va kitoblar jamlanmasi;
  • 2-oʻrin — Power Bank va kitoblar jamlanmasi;
  • 3-oʻrin — Termo krujka va kitoblar jamlanmasi.

Topshirish jarayoni

Foto suratlar ishtirokchilar tomonidan fotokamera yoki mobil qurilmalari yordamida suratga olinib, 8-fevraldan 18-fevral sanasiga qadar tanlovning rasmiy boti @kamalakdantanlov manziliga yuboriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Hakamlar hayʼati fotosuratlarni quyidagi mezonlar asosida baholaydi: —

  • a)Foto suratlarni tanlov mavzusidan kelib chiqib, toʻgʻri tanlangani boʻyicha — 25 ball;
  • b)Foto suratlarning kreativ va taʼsirchanligi boʻyicha — 25 ball;
  • c)Foto suratlarning sifat darajasi, toʻgʻri rakurs tanlanganligi boʻyicha— 25 ball;
  • d)Foto suratlarning plagiat (koʻchirmachilik) va mualliflik huquqiga rioya qilinganligi boʻyicha — 25 ball;

Ishtirokchilar maksimal 100 ball toʻplash imkoniyatiga ega.

Qoʻshimcha maʼlumotlar ushbu rasmiy kanal orqali berib boriladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 10, Max: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston “Kamalak” bolalar tashkiloti va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan media sohasiga qiziquvchilar uchun “Eko fokus” fotolar tanlovi
17 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.