Ariza topshirish quyidagi bosqichlarda iborat:
1.Nomzodlar muvofiqlik talablariga mosligini tasdiqlash kerak.
2.Nomzod oʻziga va tadqiqotlari uchun mos tushadigan muassasalar bilan aloqaga chiqishi lozim. Chunki arizalar nomzodni qabul qiluvchi muassasa bilan toʻliq hamkorlikda toʻldirilishi lozim:
- Nomzod taʼlim muassasa rahbari yoki masʼul shaxs tomonidan tasdiqlanishi kerak;
- Tasdiqlash uchun eng munosib nomzodlarni tanlash uchun koʻplab muassasalar oʻzlarining ichki muddatlariga ega. Shuning uchun imkon qadar tezroq tanlangan muassasa bilan aloqaga chiqish kerak;
- Tanlagan taʼlim muassasasi talab qilgan barcha hujjatlarni topshirishi kerak;
- Bundan tashqari, nomzod tanlagan muassasasi bilan stipendiya tayinlash tafsilotlari hamda tadqiqot qilish uchun muassasada oʻrnatilgan talablar haqida kelishi olishi lozim;
- Tadqiqot sohasini tanlashi kerak.
3.Nomzod quyidagi saytlardan roʻyxatda oʻtishi va soʻrovnomani toʻldirishi lozim:
4.CCV (Vanier-Banting academic template) ushbu sayt orqali yaratiladi va ResearchNet ilovasi bilan bogʻlanadi. CCV haqidagi muhim tafsilotlar bu yerda.
5.ResearchNet ilovasi ushbu havola orqali ishga tushiriladi. Dasturni ishga tushirgandan soʻng ResearchNet kirish ekrani paydo boʻladi. Bundan Banting Postdoctoral Fellowships dasturining asosiy menyusiga kiriladi. Ushbu menyuda ariza topshirishdan oldin bajarilishi kerak boʻlgan bir qator vazifalar roʻyxati keltirilgan. Ushbu vazifalar toʻliq bajariladi.
6.Tadqiqot sohasi aniqlanishi kerak. Agar nomzod tadqiqot sohasining mosligiga ishonchi komil boʻlmasa, tavsiya olish uchun taklif qilingan tadqiqotning bir sahifali qisqacha mazmunini banting@cihr-irsc.gc.ca elektron manziliga yuborishi kerak.
7.Tadqiqot oʻtkaziladigan muassasa aniqlanadi. Bunda quyidagi hujjatlarni topshirish lozim:
8.Nomzod tadqiqot taklifini baholovchi 3 ta hakam haqida maʼlumotlarni aniqlaydi. Baholash tili sifatida ingliz yoki fransuz tilidan bittasi tanlanishini inobatga olish kerak. Ariza beruvchilar oʻzlari tanlagan hakamlari bilan bogʻlanib, tadqiqot taklifi yuzasidan ularning bahosini olishi lozim.
Eslatma: Bu topshiriq bajarilmaguncha nomzodlar arizasini topshira olmaydi.
9.Nomzodning ilmiy darajasi haqida maʼlumotlar kiritiladi.
10.Tadqiqot taklifi boʻyicha maʼlumotlar va qoʻshimcha hujjatlar taqdim etiladi:
11.Arizani topshirishdan oldin qayta koʻrib chiqilib kamchiliklari toʻldiriladi.
Muhim: Taqdim etilgan hujjatlar barcha talablarga mos kelishi shart. Agar birorta hujjatda maʼlumotlar chegaradan oshib ketgan boʻlsa, ortiqcha sahifalar hakamlar hayʼati tomonidan olib tashlanadi. Hujjatlar PDF formatda saqlanishi kerak.
12.Ariza topshiriladi. Agar vazifa toʻgʻri bajarilgan boʻlsa, nomzodlar elektron pochta orqali ushbu xabarni oladi: “Successful Submission – Banting Postdoctoral Fellowships program / Soumission acceptée – Programme de bourses postdoctorales Banting.“
13.Ilova qilingan hujjatlar taqdimot standartlariga javob berishiga ishonch hosil qilish lozim:
- Sahifalar 216 mm x 279 mm boʻlishi kerak;
- Sahifaning (yuqori, pastki va yon tomonlari) atrofida kamida 2 sm boʻsh joy qoldiriladi;
- Matn bitta yoki ikkita intervalli boʻlishi mumkin;
- Minimal shrift oʻlchami 12, qora rangda. Jadval, diagramma, rasm va grafiklardagi kichikroq matnlar agar sahifa 100% koʻrilganda oʻqilishi mumkin boʻlsa qabul qilinadi;
- Asl nusxalari 21,25 x 27,5 sm dan katta boʻlsa, tasdiqlovchi hujjatlarni suratga tushirish kerak;
- Ariza beruvchi tomonidan tayyorlangan hujjatlarning har bir sahifasining yuqori qismida nomzodning ismi va hujjat nomi koʻrsatiladi;
- Muassasa tomonidan tayyorlangan hujjatlarning barchasi muassasa blankida boʻlishi kerak;
- Koʻp sahifali qoʻshimcha hujjatlar uchun sahifalar ketma-ket raqamlanadi;
- Qoʻshimcha hujjatlar PDF formatida yuklanishi kerak;
- Ilova qilingan hujjat(lar)ning hajmi har bir hujjat uchun 30 MB dan oshmasligi lozim.
Eslatma: Tanlov komissiyasi turli soha vakillaridan iborat. Shuning uchun arizalar mutaxassis boʻlmagan tadqiqot auditoriyasini hisobga olgan holda yozilishi kerak. Barcha hujjatlar ingliz yoki fransuz tilida boʻlishi shart.