Tavsif
TED Fellows dasturi har yili ochiq eʼlon berish orqali noodatiy va turli sohadagi qobiliyatli shaxslar guruhini saralab oladi. Dasturda oʻz original gʻoyalariga ega va turli sohalar rivoji uchun xizmat qiladigan misli koʻrilmagan gʻoyalari mavjud 18 yoshdan katta barcha ishtirok etishi mumkin. Ushbu konferensiya barcha soha vakillarining dunyoni oʻzgartirish va rivojlantirishga qodir gʻoyalarini ochib berish va rivojlantirishga xizmat qiladi.
TED Fellows dasturi 2023-yil 14-22 aprel kunlari Kanadaning Vankuver shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur Kanadaga borib kelish va boshqa xarajatlarni toʻliq qoplaydi va ishtirokchilar talay imkoniyatlarni qoʻlga kiritishadi. Ariza topshirish jarayoni 2022-yil 30-iyunga qadar davom etadi. Arizalar 8 oy davomida koʻrib chiqiladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.