Tavsif
TED Fellow dasturi yiliga 2 marta 20 nafar iste'dotli shaxslarni saralab oladi hamda ularga Ted Talks hamda Ted Global dasturlarida ishtirok etish va nutq so'zlash imkonini beradi. Ishtirokchilar xarajatlari to'liq tashkilotchilar tomonidan qoplanadi
Nomzodlar ushbu dasturda ishtirok etish tufayli suxandonlik sohasida sezilarli darajada oʻsishi va yuqori pogʻonaga chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu bilan birga qatnashuvchilar koʻplab mashhur novatorlar bilan tanishish va ular bilan muloqot olib borish imkoniyatiga ega boʻladilar.
TED Fellow dasturi dunyoni oʻzgartiruvchi gʻoyalar ustida ish olib boradigan yoshlar, ijodkorlar, ixtirochilar, advokatlar, kinorejissyorlar, fotosuratchilar, musiqachilar, rassomlar, oʻqituvchilar, olimlar, tadbirkorlar, notijorat tashkilotlar rahbarlari, huquq faollari kabi sohalar vakillarini qoʻllab quvvatlaydi.