Tavsif
Katta hajmli maʼlumotlar va dasturiy taʼminot muhandisligi boʻyicha iqtidorli talabalar uchun Yevropada oʻqish uchun grant — EDISS Scholarship (Engineering of Data-Intensive Intelligent Software Systems) taqdim etiladi.
Ushbu magistratura dasturi bu 4 nafar xalqaro miqyosda tan olingan Yevropa universitetlari tomonidan tashkil etilgan ikki yillik Erasmus Mundus Double Degree Programme dasturidir:
- Åbo Akademi University (Finlandiya);
- Mälardalen University (Shvetsiya);
- University of the Balearic Islands (Ispaniya);
- University of LʼAquila (Italiya).
Dastur muvaffaqiyatli yakunlangandan soʻng, talabalar ikki diplomli magistr darajasiga ega boʻladilar (biri Åbo Akademi universitetidan, ikkinchisi esa ikkinchi yil ixtisoslashuvi uchun tanlangan oliy taʼlim muassasasidan).
Dastur maʼlumotlar ilmi (data science) va dasturiy taʼminot muhandisligi oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etib, maʼlumotlarga boy intellektual dasturiy tizimlarni yaratish uchun dasturiy taʼminot muhandislari va maʼlumotlar boʻyicha mutaxassislarni birlashtirishga qaratilgan.
Dasturining asosiy maqsadi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amaliy bilim va nazariy tushunchalar berishdan iborat:
- maʼlumotlar ilmi (data science);
- dasturiy taʼminot arxitekturasi (software architecture);
- mashinaviy oʻrganish yechimlari (machine learning solutions);
- intellektual tizimlar (intelligent systems).
Dastur 2026-yilning avgust oyida Finlyandiyada joylashgan Åbo Akademi universitetida oʻqishni boshlashlari rejalashtirilgan. Dastur davomiyligi 2 yil.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.