€25,000 pul mukofoti va Ispaniyada shaxsiy ko'rgazmada ishingizni namoyish qilish imkonini beruvchi KBr Photo Award tanlovi
Ispaniya Ispaniya
09 Sen, 2021 · Muddat tugagan

€25,000 pul mukofoti va Ispaniyada shaxsiy ko'rgazmada ishingizni namoyish qilish imkonini beruvchi KBr Photo Award tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Fundación MAPFRE notijorat tashkiloti badiiy ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadida har ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan xalqaro mukofot — KBr Photo Awardning birinchi nashrini taqdim etish arafasida. Gʻolib foto suratkashni milliy va xalqaro miqyosda tanishtirish, pul mukofoti bilan qoʻllab-quvvatlash, koʻrgazma tashkil etish va tegishli katalog bilan taʼminlashni oʻz oldiga maqsad qilgan bu tanlov 18 yoshdan oshgan barcha ijodkorlar uchun ochiq. Nomzodlardan yangi, ilgari hech qayerda eʼlon qilinmagan va tanlovlar uchun tavsiya qilinmagan oʻziga xos ishlar kutib qolinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlardan quyidagi talablarga javob berish soʻraladi:

  • Qayerning fuqarosi ekanligidan qatʼiy nazar, 18 yosh va undan oshgan boʻlishi;
  • Ilgari hech qayerda eʼlon qilinmagan, tanlovlarga topshirilmagan yangi ijodiy ishlarni yuborish.

Imtiyozlar va qulayliklar

Gʻoliblar quyidagi imtiyozlarni qoʻlga kiritadilar:

  • € 25,000 pul mukofoti;
  • 2023-yil fevral oyida KBr Fundación tomonidan MAPFRE Barcelona foto markazida Espai 2 koʻrgazmasi tashkil qilinadi;
  • Loyihada gʻolib boʻlgan ishning natijalari koʻrgazmada namoyish etiladi va KBr Fundación katalogida nashr etiladi.

Topshirish jarayoni

Nomzodlardan quyidagi tartibda hujjat topshirishlari soʻraladi:

  1. Saytdan roʻyxatdan oʻtish va profil ochish;
  2. Roʻyxatdan oʻtish davomida:
  • Tanlovga qatnashayotgan shaxsning amaldagi milliy guvohnomasi, pasporti yoki boshqa shunga oʻxshash hujjat nusxasini;
  • Arizachining CVsi va aloqa qilish uchun maʼlumotlari (elektron pochta, manzil va telefon raqami);
  • Loyihaning tavsifi va uning maqsadi;
  • Taklif qilinayotgan loyihaning maqsadini tavsiflovchi JPG yoki TIFF fayl koʻrinishida, minimal oʻlchamlari 300 dpi boʻlgan 10 dan 15 gacha raqamli fotosurat (digital) joʻnatish;
  • Fotografiya, zamonaviy sanʼat, kuratorlik yoki nashriyot sohasida tan olingan nufuzli ikki mutaxassisdan 2 ta tavsiyanoma qoʻshib yuklash.

Eslatma: Fayllarning maksimal hajmi 20 Mbdan oshmasligi va PDF shaklida saqlangan boʻlishi, rasmlar esa JPG yoki TIFF formatida boʻlishi shart.

Qo'shimcha ma'lumot

Gʻoliblarni saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich — Fundación MAPFRE tanlov komissiyasi barcha arizalarni koʻrib chiqadi va hakamlar hayʼatiga taqdim etish uchun eng maqbul deb topilganlarni saralab oladi.

2- bosqich — Fundación MAPFRE tomonidan tanlangan xalqaro sanʼat olamining nufuzli arboblari boʻlmish 4 aʼzodan iborat xalqaro hakamlar kengashi 2021-yilning Noyabr oyida gʻolibni aniqlaydi. Tanlovda yutgan ishtirokchi Fundación MAPFREdan elektron pochta orqali rasmiy xabarnoma oladi va u xabar olingan kundan boshlab maksimal 15 kun ichida mukofotni elektron pochta orqali qabul qilishi kerak. Shuningdek, gʻolibning ismi Fundación MAPFRE veb-saytida va Fundación hamkorlik qiluvchi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Sovrindor bilan tuziladigan qoʻshimcha shartnoma va talablar bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi manzillarga ulanish orqali olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

Ispaniya €25,000 pul mukofoti va Ispaniyada shaxsiy ko'rgazmada ishingizni namoyish qilish imkonini beruvchi KBr Photo Award tanlovi
09 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.