Tavsif
Erasmus Mundus Yevropa Komissiyasi tomonidan tashkil etilgan oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik va mobillik dasturidir. Ushbu dastur magistratura bosqichini kimyo, fizika, mexanika, kimyo nano-muhandisligi, elektron muhandislik, tabiiy fanlar (material sciences) kabi sohalar boʻyicha Yevropada oʻqishni xohlovchilar uchun toʻliq grant taklif etadi. Grant miqdori gʻolib qaysi davlatdan ekanligiga qarab farq qiladi.
Mazkur dastur gʻolibi boʻlganlar 2 yillik magistratura bosqichini Yevropaning 3 davlatida (Italiya, Fransiya, Polsha) toʻliq grant asosida oʻqish imkoniga ega boʻladilar.
Grant gʻolibi boʻlganlar oʻquv yilining 1-semestrini Fransiyaning Marsel shahrida, 2-semestrni Polshaning Vroklav shahrida, 3-semestrni Italiyaning Rim shahrida, 4-semestrni Fransiyaning Marsel shahrida oʻqish imkoniga ega boʻladilar.
Oʻqish toʻliq ingliz tilida olib boriladi. Shu sababli, ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.
Oʻquv dasturi (Study program) haqida batafsil ushbu havoladan bilish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: