Bakalavr, magistratura va PhD talabalari uchun Ispaniyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan ikki haftalik oromgoh — ECAMPUZ project dasturi

Bakalavr, magistratura va PhD talabalari uchun Ispaniyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan ikki haftalik oromgoh — ECAMPUZ project dasturi

  • 20/10/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Ispaniya Davlat
  • 31.12.2023 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

“ECAMPUZ — European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” oromgohi oziq-ovqat xavfsizligining asosiy jihatlarini, jumladan oziq-ovqat tarkibidagi asosiy patogen mikroorganizmlarni va qayta ishlash jarayonida zaharli birikmalarning shakllanishini oʻrganish jarayonini qamrab oladi. Dasturning maqsadi Oʻzbekistonda sogʻlom oziq-ovqat ishlab chiqarishni koʻpaytirish uchun yangi innovatsion va zamonaviy metodologiyalarni qanday tatbiq etish mumkinligini o'rganishdan iborat.

Oromgohda Ekstremadura universiteti va Kopengagen universiteti trenerlari tomonidan talabalarga oziq-ovqat xavfsizligi va sifati, oziq-ovqatning haqiqiyligini taʼminlash va turli zaharli birikmalarni tekshirish boʻyicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qoʻllaniladigan ilgʻor texnologiyalar oʻrgatiladi.

Bu yilgi oromgohning bosh mavzusi: “Food Safety and Food Microbiology”. Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi. 

Dasturga Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Andijon davlat universiteti, Urganch davlat universitetidan 25 nafar ENG iqtidorli bakalavr, magistratura va 1-kurs PhD talabalari tanlab olinadi. 

Oromgoh 2024-yilning may-iyun oylarida 2 hafta davomida Ispaniyada boʻlib oʻtadi. Barcha xarajatlar qoplab beriladi.

Dastur uchun ariza topshirishning soʻnggi muddati — 31-dekabr, 2023-yil.

Dastur haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Mazkur oromgohda quyidagi OTMlarning bakalavr, magistratura va PhD talabalari qatnashishi mumkin:       
    — Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
    — Oʻzbekiston Milliy universiteti;
    — Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
    — Andijon davlat universiteti;
    — Urganch davlat universiteti.
  • Ingliz tilini B2-C1 darajasida bilish kerak. (Sertifikat soʻralmaydi, ammo tashkilotchilar tomonidan til bilish darajasi tekshiriladi).

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Oromgohda yashash xarajatlari, turarjoy, ovqatlanish va borish/kelish biletlari bilan bogʻliq xarajatlar qoplab beriladi;
  • Dastur gʻoliblariga viza olish jarayonida yordam beriladi.

Hujjat topshirish

  • Oromgohda qatnashish uchun dastlab ushbu havola orqali soʻrovnomani toʻldirish kerak;
  • Shuningdek, ecampuzproject@gmail.com elektron manziliga CV va maksimum 1000 soʻzdan iborat motivatsion xat yuborish kerak. (CV ga qoʻyilgan talablar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin. 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dastur ishtirokchilari baholari, tajribalari, analitik, shuningdek, kommunikativ va ingliz tili koʻnikmalariga koʻra tanlab olinadi. Bundan tashqari, tanlov jarayonida gender tengligi hisobga olinadi. Agar nomzodlar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kam taʼminlangan va/yoki qishloq joylardan boʻlsa, (shu jumladan, yetim talabalar va/yoki ota-ona qaramogʻisiz qolgan talabalar) ular buni loyiha maʼmuriyatiga maʼlum qilishi mumkin.
  • Oromgohning 1-mavsumi haqida videorolikni ushbu havola orqali koʻrish mumkin.

Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollarni ecampuzproject@gmail.com elektron manziliga yuborish yoki +99897 264 55 65 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali javob olish mumkin.

Ispaniya
Bakalavr, magistratura va PhD talabalari uchun Ispaniyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan ikki haftalik oromgoh — ECAMPUZ project dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar