Tavsif
Oʻzbekcha Vikipediya sifatini oshirish, eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni taqdim qilish, kitobxonlikka qiziqishi yuqori boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy loyiha hisoblangan — “WikiKitob II” tanlovi taqdim etiladi.
Tanlov oʻz faoliyatini WikiMarafon jamoasi va 1000KITOB, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida olib boradi.
Tanlovning asosiy maqsadi – talaba va oʻquvchilar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob mutolaasini keng targʻib qilish, yoshlarni oʻz mustaqil fikriga ega, dunyoqarashi keng qilib tarbiyalash va qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Loyihaning asosiy vazifalari:
- Talaba va oʻquvchilarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularning soʻz boyligini kengaytirish, ijtimoiy faolligi va millat taqdiriga daxldorligini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
- Yoshlarning barcha qatlamlarini kitob oʻqishga daʼvat etish hamda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish;
- Yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-koʻnikmalarini yanada yuksaltirish;
- Oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara namunalarini keng targʻib etish, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Oʻzbekcha Vikipediya orqali adabiy bilimlarni mustahkamlash va raqamli maʼnaviyatni rivojlantirish.
Tanlov 2026-yil 6-apreldan 26-aprelgacha davom etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.