Umumiy mukofot jamg'armasi 15 million so'mni tashkil etuvchi “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
18 Avg, 2023 · Muddat tugagan

Umumiy mukofot jamg'armasi 15 million so'mni tashkil etuvchi “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi hamda Oyina.uz portali “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovini eʼlon qiladi. 

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Kitob – yuksaklikka eltuvchi nur” shiori ostida oʻtkaziladi.

Tanlovga taqdim etilgan eng sara ijodiy ishlardan yurtimizda kitobxonlikni umummilliy harakatga aylantirish, aholi orasida mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish yoʻlida foydalaniladi. OAV, ijtimoiy tarmoq va tashqi reklama vositalarida namoyish etiladi.

Ishchi guruhga kelib tushgan karikaturalar saralanib, Oyina.uz portalining telegram kanalida eʼlon qilinadi.

Tanlovga ijodiy ishlarni yuborishning soʻnggi muddati — 2023-yil 18-avgust.

Tanlov haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Mazkur tanlovda yoshidan qatʼi nazar barcha ishtirok etishi mumkin;
  • Ishtirokchilar “Kitob – yuksaklikka eltuvchi nur” shioriga bagʻishlab karikatura yaratishi kerak.

Tanlov talablari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin (2 ta) – 3 million soʻm;
  • 2-oʻrin (2 ta) – 2 million soʻm;
  • 3-oʻrin (2 ta) – 1 million soʻm hamda ragʻbatlantiruvchi mukofotlar.

Topshirish jarayoni

Qo'shimcha ma'lumot

  • Tanlov gʻoliblari ikki yoʻnalishda – hakamlar hayʼati eʼtirofi va muxlislar bergan ovozlar soniga koʻra aniqlanadi. 
  • Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Mustaqillik bayrami arafasida tantanali ravishda oʻtkaziladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Umumiy mukofot jamg'armasi 15 million so'mni tashkil etuvchi “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovi
18 Avg, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.