Tavsif
The Max Planck Institutes for Informatics, Software Systems, and Security and Privacy tomonidan kompyuter fanlarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqot amaliyot dasturlarini taklif qiladi. Maks Plank institutida amaliyot oʻtash — bu kompyuter fanlari boʻyicha jahon miqyosidagi tadqiqotlarni olib borish va yangi tadqiqot yoʻnalishlarini oʻrganish uchun ulkan imkoniyati hisoblanadi.
Amaliyotlar butun dunyo boʻylab bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari, shuningdek, kompyuter fanlari boʻyicha akademik tadqiqot tajribasiga ega boʻlishdan manfaatdor boʻlgan soha mutaxassislari uchun ochiq. Odatda, amaliyot dasturi 12-14 haftagacha davom etadi. Ammo bundan ham koʻproq muddatni qamrab olishi mumkin.
Amaliyotchilar yil davomida qabul qilinadi lekin koʻpchilik amaliyotchilar yoz oylarini afzal koʻrishadi. Har bir amaliyotchi ishtirokchi institutlardan birida tayinlangan fakultet murabbiyi bilan bevosita ishlaydi. Amaliyot loyihalari amaliyotchining ilmiy qiziqishlari, salohiyati va oldingi tajribasiga asoslanadi.
Quyidagilar amaliyot dasturida ishtirokchi institutlar hisoblanadi:
- Max Planck Institute for Informatics (Saarbruecken)
- Max Planck Institute for Software Systems (Kaiserslautern and Saarbruecken)
- Max Planck Institute for Security and Privacy (Bochum)
Dastur haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.