Kontraktda oʻqiyotgan talabalar uchun umumiy jamgʻarmasi 400 mln soʻmlik taʼlim granti
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 Okt, 2025 · Muddat tugagan

Kontraktda oʻqiyotgan talabalar uchun umumiy jamgʻarmasi 400 mln soʻmlik taʼlim granti

Bakalavr To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

XushnudbekUz Telegram kanali kontraktda oʻqiyotgan talabalar uchun jami 400 mln soʻmlik taʼlim grantini taqdim etadi. Mazkur taʼlim granti Ibrat farzandlari, UzChess, Mutolaa hamda Ustoz AI loyihalari bilan kelishuv asosida eʼlon qilinmoqda.

Dasturning asosiy maqsadi yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning taʼlim olishi uchun moddiy yordam koʻrsatishdan iborat.

Grant jami 50 nafar (shundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uchun) talabalarga berilishi koʻzda turilgan. Har bir ishtirokchiga 8 mln soʻmdan (jami 400 mln soʻm) beriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan bakalavriatning barcha bosqich talabalari qatnashishi mumkin;
  • Oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarga ustunlik beriladi. Shuningdek, anketa oxirida yoziladigan esse ham juda muhim.

Muhim: Grant kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakllarining barchasi uchun amal qiladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Gʻolib deb topilgan jami 50 nafar ishtirokchining har biriga 8 mln soʻmdan grant taqdim etiladi (shundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uchun).

Topshirish jarayoni

  • Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
  • Hujjatlar 31-oktyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan soʻng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali gʻoliblar aniqlanadi.

Eslatma: Arizalar toʻliq elektron tizim orqali qabul qilinishi tufayli, mabodo hujjat topshirishda texnik muammo yoki tushunmovchilik boʻlsa, mana bu yerda izohlarda yozib qoldirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-oktyabr, 2025-yil.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Kontraktda oʻqiyotgan talabalar uchun umumiy jamgʻarmasi 400 mln soʻmlik taʼlim granti
31 Okt, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.