Tavsif
KDI School of Public Policy and Management Fall 2025 — Koreya taraqqiyot instituti davlat siyosati va boshqaruv maktabi magistratura dasturlariga qabul eʼlon qilindi. Koreya Taraqqiyot Instituti butun Koreyada va dunyoda rivojlanishni oʻrganish, rivojlanish iqtisodiyoti va davlat siyosati sohasida tadqiqot va oʻrganish boʻyicha yetakchi muassasa sifatida tan olingan.
Quyidagi magistratura dasturlariga qabul ochiq va grant imkoniyatlari mavjud:
- Davlat siyosati magistri (Master of Public Policy);
- Rivojlanish siyosati magistri (Master of Development Policy);
- Davlat boshqaruvi magistri (Master of Public Managment).
Dastur oʻqish shakli: toʻliq kunduzgi (full-time). Dastur 4 akademik semestrni (taxminan 1,5 yil) oʻz ichiga oladi:
- KTI maktabida 3 semestr (taxminan 1 yil);
- 4-semestr: bitiruv tadqiqot loyihasi uchun oʻz vataniga qaytib keladi.
Dastur davomida quyidagi sohalarga eʼtibor beriladi:
- Moliya va makroiqtisodiy siyosat;
- Savdo va sanoat siyosati;
- Davlat moliyasi va ijtimoiy siyosat;
- Hududlarni rivojlantirish va ekologiya siyosati;
- Barqaror rivojlanish;
- Xalqaro taraqqiyot;
- Davlat boshqaruvi va yetakchilik;
- Strategik menejment;
- Global boshqaruv va siyosiy iqtisod.
Dastur haqida batafsil rasmiy sayt hamda ushbu hujjat orqali tanishib chiqish mumkin.