Tavsif
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi — Korea International Cooperation Agency (KOICA) tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlardagi davlat ishida xizmat qiluvchi yetakchilarning bilimini yanada oshirish maqsadida Koreya universitetlarida magistratura bosqichida oʻqish uchun KOICA Scholarship Program (SP) dasturini tashkil etilgan. Dasturda ingliz tilini yaxshi biluvchi, davlat ishida kamida 2 yildan beri xizmat qilib kelayotgan, har tomonlama faol nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkor universitetlarda magistratura bosqichida bepul oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi:
- Public Management and Public Sector Reforms — Seoul National University
- Urban and Regional Development — University of Seoul
- Finance and Tax Policy — Korea University
- Local Administration — Sungkyunkwan University
- Trade and Industrial Policy for Sustainable and Inclusive Growth — KDI (Korea Development Institute)
- Asian Smart City — Sungkyunkwan University
- Asia E-Government — Yonsei University
- Economic Development — KDI (Korea Development Institute)
- Asian Capacity Building for SDGs — Seoul National University
- Asian Civil Society Leadership ) — Ajou University
- Health Policy and Financing — Yonsei University
- Agricultural Economics — Kangwon National University
- Agricultural Productivity — Kyungpook National University
- Asian High Value-added Agriculture — Kyungpook National University
- Gender and Rural Community Development — Yonsei University
- Global Fisheries Development — Pukyong National University
- ICT Techno-policy — Soongsil University
- Techno-Entrepreneurship Competency Based on ICT Convergence — Handong Global University
- Energy Science and Policy — Ajou University
- Gender and Development — Seoul National University
- Asian Gender Leadership (for 24 Asia Countries) — Ewha Womans University
- Global Education Leadership — Korea National University of Education
- Aviation Management — Korea Aerospace University
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning safar, turar joy, sugʻurta va boshqa xarajatlari qoplab beriladi va ular oylik stipendiya bilan taʼminlanadilar.