Tavsif
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi — Korea International Cooperation Agency (KOICA) tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlardagi davlat ishida xizmat qiluvchi yetakchilarning bilimini yanada oshirish maqsadida Koreya universitetlarida magistratura va doktorantura bosqichida oʻqish uchun KOICA Scholarship Program (SP) dasturi tashkil etilgan.
Dasturda ingliz tilini yaxshi biluvchi, davlat ishida kamida 2 yildan beri xizmat qilib kelayotgan, har tomonlama faol nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Dasturga qabul qilinganlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkor universitetlarda magistratura bosqichida bepul oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi:
- Control of Infectious Disease – Yonsei University (Seoul);
- Digital Innovation – Hanyang University (Ansan);
- Digital Transformation Technology – Soongsil University (Ansan);
- Capacity Building for Response to Climate Change – Incheon National University (Incheon);
- Trade and Industrial Policy for Innovation – KDI School of Public Policy and Management (Sejong);
- Urban Development – University of Seoul (Seoul);
- Agricultural Economics – Kangwon National University (Chuncheon);
- Agricultural Engineering – Kyungpook National University (Daegu);
- Sustainable Regional Development – KDI School of Public Policy and Management (Sejong);
- Policy Competency Based on ICT Convergence – Handong Global University (Pohang);
- Water Resources Management – Yeungnam University (Gyeongsan);
- Energy Policy – Seoul National University (Seoul);
- Global Health Security – Yonsei University (Seoul);
- Agricultural Production – Kyungpook National University (Daegu);
- Global Education Leadership;
- Tax and Fiscal Policy;
- Public Management and Administrative Reform;
- Gender Equality;
- Smart-City Management and Technology.
KOICAning 2025-yilgi doktorlik darajasi uchun oʻquv dasturlari:
- Global Education Leadership;
- Tax and Fiscal Policy;
- Public Management and Administrative Reform;
- Gender Equality;
- Smart-City Management and Technology.
Magistratura va doktorantura oʻquv dasturlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning safar, turarjoy, sugʻurta va boshqa xarajatlari qoplab beriladi va ular oylik stipendiya bilan taʼminlanadilar.