Koreya yoshlari markazi tomonidan tadbirkor yoshlar uchun “Eng yaxshi biznes gʻoya” tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
29 Avg, 2021 · Muddat tugagan

Koreya yoshlari markazi tomonidan tadbirkor yoshlar uchun “Eng yaxshi biznes gʻoya” tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, Oʻzbekiston Koreys madaniyati markazlari uyushmasi qoshidagi Yoshlar markazi tomonidan yosh avlod oʻrtasida tadbirkorlik ruhini rivojlantirish maqsadida “Eng yaxshi biznes gʻoya” tanlovi tashkil etiladi. 

Yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirkorlik gʻoyalarini aniqlash va qoʻllab-quvvatlash, istiqbolli tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun sharoit yaratish, raqobatbardosh, ijtimoiy masʼuliyatli yosh tadbirkorlarni tarbiyalash ustuvor maqsadi boʻlgan bu tanlovda 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha oʻzbek hamda koreys yoshlari ishtirok etishi mumkin. 

Tanlov ikki bosqichda (onlayn saralash va jonli taqdimot) amalga oshirilib, Koryoin.uz klubi aʼzolari, tashkilotchilar vakillari taklif etilgan ekspertlardan tashkil topgan hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlardan quyidagi talablarga javob berish soʻraladi:

  • 16 -30 yosh orasidagi koreys va koreys millatiga mansub boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish (yakka yoki jamoa sifatida qatnashish mumkin);
  • Yakka tartibdagi tadbirkor yoki tijorat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning vakili boʻlmaslik;
  • Jamoada, albatta, kamida bitta koreys millati vakili ishtirok etishi;
  • Tanlov uchun taqdim qilinayotgan gʻoya tanlov yoʻnalishiga mos kelishi, original va sifatli, hamda, ilmiy-texnik, amaliy yoki ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlishi soʻraladi;
  • Bir ishtirokchi bir necha marotaba ariza berish huquqiga ega.

Eslatma: Tanlovga qatnashish orqali ishtirokchilar tanlov gʻoyasi III shaxslarga (ommaga, ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan, Internet boʻylab) oshkor boʻlishiga rozilik bildiradilar.

Imtiyozlar va qulayliklar

Gʻoliblar:

  • Tanlov yakunida diplom va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanadilar;
  • Mutaxassislar tomonidan oʻz gʻoyalariga baho oladilar;,
  • Yetakchi tadbirkorlar rahnamoligida biznes gʻoyani rivojlantirishni oʻrganadilar;
  • Omma va mutaxassislar oldida taqdimot oʻtkazish koʻnikmasini shakllantirishni oʻrganadilar.

Topshirish jarayoni

Daʼvogarlardan quyidagi tartibda hujjat topshirishlari soʻraladi:

  • Ishtirokchilar onlayn arizani toʻldiradilar;
  • Uch kun ichida elektron pochta orqali arizaning qabul qilinganligini tasdiqlaydilar.

Eslatma: 

Arizani toʻldirishdan oldin arizaga qoʻyilgan talablar va yoʻriqnoma bilan tanishish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Musobaqa ikki bosqichda oʻtkaziladi:

  1. Onlayn saralash.
  2. Omma oldida taqdimot oʻtkazish.

Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga asosan hakamlar hayʼati tomonidan baholanadilar:

  • Ishtirokchining gʻoyani amalga oshirish boʻyicha tajribasi;
  • Uni taqdim etish sifati;
  • Gʻoyaning innovatsionligi;
  • Tavakkalchilik darajasi;
  • Ijtimoiy ahamiyati;
  • Jamoatchilik himoyasi natijasi;
  • Gʻoyani moliyalashtirish bilan bogʻliq masalalar.

Biznes gʻoyani himoya qilish kunida yakuniy xulosalar eʼlon qilinadi va taqdirlash marosimi oʻtkaziladi. Tanlov gʻoliblari diplom va sovgʻalar bilan taqdirlanadilar (mukofot elchixonaning xohishiga koʻra beriladi).

Qoʻshimcha maʼlumotlarni:

+998 (90) 337 11 64 (Людмила) raqamiga qoʻngʻiroq qilish yordamida olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 31

O‘zbekiston Koreya yoshlari markazi tomonidan tadbirkor yoshlar uchun “Eng yaxshi biznes gʻoya” tanlovi
29 Avg, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.