Tavsif
The KF Fellowship for Korean Language Training (KLT) dasturi Koreyashunoslik va koreys tili sohasida oʻqiyotgan, tadqiqot olib borayotgan talabalar va mutaxassislar uchun Koreya universitetlarida intensiv tarzda 6 oydan 12 oycha toʻliq qoplanuvchi grant asosida oʻqish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur barcha oʻqish xarajatlarini, sugʻurta va oylik stipendiyani qoplab beradi. Nomzodlardan koreys tilini tushunish va gapira olish qobiliyatlari boʻlishi talab etiladi. Dasturga har yili 40 ta nomzod qabul qilinadi.