Tavsif
Janubiy Koreya hukumati tomonidan xalqaro talabalar uchun deyarli barcha sohalar boʻyicha bakalavr bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi Global Korea Scholarship dasturining qabuli boshlandi.
GKS dasturiga 2 xil yoʻl bilan ariza topshirish mumkin:
- Embassy Track;
- University Track.
Embassy Track orqali hujjat topshirgan nomzodlar 3 ta universitet tanlash imkoniyatiga ega boʻlishadi. Buning uchun nomzodlar Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga murojaat qilishi soʻraladi.
University Track orqali hujjat topshirgan nomzodlar 1 ta universitet tanlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Dasturga qabul qilingan talabalar Koreyadagi eng nufuzli oliygohlarda hech qanday toʻlovlarsiz eng soʻnggi taʼlim berish usullari orqali oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Dasturga topshirayotganlar koreys tilini bilishmasa, 1 yillik til kursida oʻqib TOPIC 5 olishlari soʻraladi. Til kursi toʻlovlari ham GKS tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.
Qabul kvotalari:
- Bakalavriat uchun — 280 ta.
Ariza topshirish uchun minimum talablar:
- Akademik koʻrsatkichi 80% dan yuqori,
- Shu yil oxirigacha oʻqishini tamomlashi soʻraladi.
Dastur va uning toʻliq imkoniyatlari haqida bu yerda batafsil bilib olish mumkin.