Koreyada bakalavr va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot - Summer KAI-X Research Internship Program
Janubiy Koreya Janubiy Koreya
16 Fev, 2026 · Muddat tugagan

Koreyada bakalavr va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot - Summer KAI-X Research Internship Program

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

Koreyaning toʻliq moliyalashtiriladigan 2026 Summer KAI-X Research Internship Program dasturi 7 hafta, 2026-yil 1-iyuldan 14-avgustgacha davom etadi. Dasturda bakalavr bosqichining 3/4-bosqichida yoki magistraturada tahsil olayotgan tabiiy fanlar, jumladan, fizika, kimyo, matematika, biologiya sohasi talabalari ariza topshirishlari mumkin. Dastur toʻliq moliyalashtirib, nomzodlarning yoʻl, turar-joy hamda yashash xarajatlari qoplanadi.

Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 19-yanvardan 15-fevral, Oʻzbekiston vaqti bilan 16-fevral 20:00 gacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Bakalavr bosqichining 3/4-bosqichida yoki magistraturada tahsil olayotgan talabalar ariza topshirishlari mumkin. Doktorantura bosqichida oʻqiyotganlar dasturda qatnasha olmaydi;
  • Nomzodlar tabiiy fanlar, jumladan, fizika, kimyo, matematika, biologiya sohalarida tahsil olayotgan boʻlishlari lozim.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Borish-kelish yoʻl xarajatlari qoplanadi (1,000,000 koreya voni = taxminan $700);
  • Turar-joy puli toʻlanadi (500,000 koreya voni = taxminan $350);
  • Yashash xarajatlari qoplanadi (600,000 koreya voni = taxminan $400).

Topshirish jarayoni

Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 19-yanvardan 15-fevral, Oʻzbekiston vaqti bilan 16-fevral 20:00 gacha davom etadi.

Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil:

  • Arizalar ushbu havola (Google form) orqali, faqatgina bir martada toʻldirib topshirilishi lozim;
  • Ariza ingliz tilida toʻldirilishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar rasmiy tarjimasi bilan joylanishi kerak;
  • Ariza topshirilgandan keyin unga faqatgina yakuniy muddatgacha Google Formning tahrir havolasi orqaligina oʻzgartirish kiritish mumkin. Yakuniy muddatdan soʻng arizani oʻzgartirib boʻlmaydi.

Muhim! Arizalar Google Form orqali topshiriladi. Unga kirish uchun esa nomzodlardan Google hisoblariga kirish soʻraladi. Shuning uchun Google hisobi oldindan tayyorlangan boʻlishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

  1. Dasturda qatnashishdan maqsad yoritilgan xat (1200 soʻz atrofida);
  2. Diplom rasmiy transkripsiyasi (soʻng 3 oy ichida olingan, rasmiy imzo va muhr bilan);
  3. Tavsiyanoma (soʻng 3 oy ichida olingan, ichida dastur nomi alohida tilga olingan, tavsiyanoma beruvchi haqida maʼlumotlar toʻliq kiritilgan).

Eslatma! Barcha hujjatlar bir pdf fayliga kiritilishi va yuklanishi lozim. Tugallanmagan yoki talablarga javob bermaydigan arizalar qabul qilinmaydi.

Saralash natijalari 2026-yil aprel oyi oʻrtalarida eʼlon qilinadi.

Dasturga ariza topshirish talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqidagi qoʻshimcha savollarga ushbu havola orqali javob olish mumkin.

Dastur haqida eng koʻp berilgan savollar va ularning javoblari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Dastur boʻyicha yangiliklar va eʼlonlar ushbu sahifa orqali eʼlon qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Koreya Koreyada bakalavr va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot - Summer KAI-X Research Internship Program
16 Fev, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.