Tavsif
How to study dasturi koreys tilini onlayn oʻrganuvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, u ishtirokchilarga koreys tilini boshlangʻich darajadan boshlab mukammal darajagacha mustaqil oʻrganish imkonini yaratadi. Darslar mutlaqo bepul va qiziqarli tashkillashtirilgan. Kursdagi har bir darsda:
- 20-30 soʻz;
- darsdagi lugʻatlarga mos ravishda grammatik mavzular;
- koreys tilidagi soʻz va gaplarning audiosi mavjud.
Kursda koreys tilini oʻrganishga qiziquvchi nomzodlar yilning istagan vaqtida ishtirok etishlari va oʻrganishlari mumkin.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.