AQSh yoki Kanadada istalgan o'quv darajasida o'qishni boshlayotgan yoki davom ettirayotgan qiz-ayollar uchun qiymati $15,000 gacha bo'lgan grant dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
14 Yan, 2022 · Muddat tugagan

AQSh yoki Kanadada istalgan o'quv darajasida o'qishni boshlayotgan yoki davom ettirayotgan qiz-ayollar uchun qiymati $15,000 gacha bo'lgan grant dasturi

Bakalavr +2 To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

MMEG US & Canada Award – AQSH va Kanadadagi akkreditatsiyalangan universitetlarda o'qishni boshlayotgan yoki davom ettirayotgan ayollar uchun ajratilgan grant dasturi bo'lib, 25 yoshdan oshgan rivojlanayotgan mamlakatlar fuqarolari bo'lgan ayollarga yuqoridagi davlatlarda o'qishini moliyalash uchun $15,000 gacha grant ajratadi. 

Dastur maqsadi - o'z mamlakatlarida ayollar va bolalar hayotini yaxshilash maqsadida ta'lim olayotgan rivojlanayotgan mamlakatlardan kelgan ayollarga yordam berishdir. MMEG bunday ayollarga moddiy yordam ko'rsatadigan kam sonli tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Kamida 25 yoshga to’lgan bo’lish;
  • AQSH yoki Kanadada hozirda universitetda to’liq (kunduzgi) ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavr, magistr, PhD bosqichlari talabasi bo’lish;
  • Amaldagi milliy pasportda tegishli talabalik vizaga ega bo’lish
  • Kelayotgan o'quv yilida ta’limni to'liq (kunduzgi) ta’lim shaklida davom ettirishni rejalashtirgan bo’lish;
  • AQSH va Kanada fuqarosi hamda ushbu davlatlarda doimiy yashovchi Green Card egasi yoki immigrant bo’lmaslik.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • G’oliblar $15.000 gacha mablag’ bilan ta’minlanadilar;

Eslatma: Grant summasi miqdori o’zgarishi mumkin! Grant may-iyun oylarida topshiriladi.

Topshirish jarayoni

Ariza topshirishda kerak bo’luvchi hujjatlar (elektron pdf, jpeg,png ko’rinishida tayyorlash lozim, pdf shakli afzalroq):

  • Pasport (milliy pasport sahifasi, fotosurati va tug'ilgan sanasi);
  • Universitetdan hozirda rasmiy ro'yxatdan o'tganlikni tasdiqlovchi hujjat (qabul qilinganlik haqidagi xat qabul qilinmaydi);
  • Universitetdagi so'nggi rasmiy baholar tabeli;
  • Viza sahifasi yoki amaldagi pasport bilan o'qish ruxsatnomasi sahifasi (chet elda o'qiyotgan nomzodlar uchun);
  • Tiniq fotosurat hamda pasportning ikkinchi sahifasi (ikki fuqarolik bo'lsa);
  • Motivatsion xat (qisqacha hayotingiz, o’qish, tajribalaringiz hamda kelajakdagi rejalaringizning rivojlanayotgan mamlakatlardagi ayollar va bolalar bilan qanday bog'liqligi tavsifi haqida);
  • O'quv yili uchun moliyaviy holatingizni tasdiqlovchi hujjat hamda ehtiyojlarni qondirish uchun rejalashtirilgan strategiyalar;
  • Tezisingizning qisqacha mazmuni (agar mavjud bo'lsa), uning maqsadi, metodologiyasi va topilmalari va martaba maqsadlari bilan bog'liqligi;
  • Ikkita tavsiyanoma;

Ariza topshirish yo’riqnomasi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura, PhD

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 25

AQSh AQSh yoki Kanadada istalgan o'quv darajasida o'qishni boshlayotgan yoki davom ettirayotgan qiz-ayollar uchun qiymati $15,000 gacha bo'lgan grant dasturi
14 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.