Tavsif
Latviyada joylashgan Riga School of Law tomonidan 6 haftalik European Law and Economics 2022 intensiv dasturiga qabul davom etmoqda.
Dasturda Yevropa Ittifoqi huquqi va iqtisodi sohasiga qiziquvchi bakalavr, magistratura bosqichida oʻqigan yoki ilmiy ish olib borayotgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Dastur 9-maydan 16-iyungacha davom etadi va ishtirokchilar Yevropa Ittifoqining huquqiy, iqtisodiy va siyosiy faoliyati boʻyicha keng qamrovli treninglarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Shuningdek, Dastur Yevropa Parlamenti, Yevropa Komissiyasi, Yevropa tashqi harakatlar xizmati va boshqa Yevropa Ittifoqi institutlarida yuzma-yuz uchrashuvlar uchun Bryusselga oʻquv tashrifini oʻz ichiga oladi.
Dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlar Amerika Qoʻshma Shtatlari va Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Roʻyxatdan oʻtishning soʻngi kuni Toshkent vaqti bilan 2022-yil 21-mart soat 02:59 da yakunlanadi.