Tavsif
Erasmus Mundus European Master in Lexicography (EMLex) magistratura dasturi xalqaro oʻquv kursi hisoblanadi:
- leksikograflarning xalqaro va fanlararo tayyorgarligiga yordam beradi;
- leksikografik nazariyalarni yuqori xalqaro darajada oʻrgatadi;
- lugʻat yaratishning amaliy qoʻllanilishi bilan alohida aloqani oʻz ichiga oladi.
EMLex 2024-25-yil kuzgi qabul uchun 19 ta stipendiya taqdim etadi. Stipendiatlar tanlagan universitetiga (home university) qarab 2024-yil sentyabr yoki oktyabr oyida oʻqishni boshlaydi. Grantlarning 80% hamkor davlat talabalariga beriladi; 20% dastur davlati talabalariga beriladi.
Ikki yillik magistratura dasturi mobaynida, stipendiatlar birinchi va toʻrtinchi semestrni tanlagan asosiy universitetida (home university)da oʻqiydilar. Ikkinchi semestrda boshqa hamkor universitetda oʻqish imkoniga ega boʻladi. Shuningdek, agar ruxsat berilsa uchinchi semestrda ham yana boshqa hamkor universitetlardan birida oʻqishi mumkin.
Erasmus Mundus stipendiyasi hamkor davlatlar va dastur davlatlarida istiqomat qiluvchi stipendiatlarga turlicha miqdorda taqdim etiladi.
Qabul qilingan barcha talabalar Student Agreement shartnomasini imzolashi kerak boʻladi.
European Master in Lexicography (EMLex) dasturi, hamkor universitetlar haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: