Madaniy diplomatiya boʻyicha Tailandda oʻtkaziladigan 3 kunlik forum — Young Cultural Diplomacy Forum
Tailand Tailand
26 Sen, 2024 · Muddat tugagan

Madaniy diplomatiya boʻyicha Tailandda oʻtkaziladigan 3 kunlik forum — Young Cultural Diplomacy Forum

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Strategiya va Madaniy Diplomatiya Markazi (CSCD) tomonidan madaniy diplomatiya sohasini oʻrganishga bagʻishlangan Young Cultural Diplomacy Forum — 2025 taqdim etiladi.

Dastur quyidagi modullardan tashkil topgan:

  • Siam's fantasy: myth, imagination, and sovereignty;
  • Public diplomacy in the 21st century;
  • Emotional economy: the role of escapism in the market economy;
  • The diplomacy of aesthetics: craft, costume, and ceremony;
  • Regionalismand cultural connectivity: International tretaties in south and southeast Asia;
  • From the Ramakien to K-pop: Storytelling and cultural influence;
  • Zen and Strategy: Spiritual wisdom in international relations. 

Forum 2025-yil 11-iyuldan 13-iyulga qadar Tailandning Bangkok shahrida oʻtkaziladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Xarajatlari qoplanadigan grant dasturi uchun ishtirokchilarga qoʻyilgan talablar:

  • Nomzodlar 16-45 yosh oraligʻida boʻlishi lozim;
  • Madaniy diplomatiya boʻyicha bilim, tajriba va malakaga ega barcha qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Yetakchilik salohiyati, madaniy diplomatiya va davlat xizmati boʻyicha faoliyat olib borishga tayyorligi inobatga olinadi;
  • Talabgor ijodiy loyihalar yarata olishi va atrofdagilar bilan kuchli muloqot qobiliyatini namoyon qilishi soʻraladi;
  • Taqdim etilgan ariza aniq, izchil va umumiy taqdimoti yaxshi boʻlishi kerak;
  • Yoshlarga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etgan va yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim;
  • Taklif qilingan ijtimoiy harakatlar rejasini amalga oshirishga taʼsir koʻrsata olishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

Xarajatlari qoplanadigan dastur ikki turga bo'linadi va ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi ($17.99/16.99 evaziga):

  • Forum/sammit uchun taklifnoma;
  • Oziq-ovqat;
  • 3 kecha bepul turar joy;
  • Yo'l xarajatlarida yordam;
  • Forum/sammit materiallari;
  • Yoshlar bayonotlari/aralashuvlari;
  • Madaniy diplomatiya boʻyicha hamfikr, ekspert hamda amaliyotchilar bilan tanishish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • Strategik va madaniy diplomatiya markazida amaliyot o'tash imkoniyati;
  • 10 haftalik virtual kurs;
  • Dastur ma'muriyati bilan birga o'qitish;
  • Dastur uchun o'z davlati vakiliga aylanish.

Muhim: Xarajatlari qoplanadigan ikki kategoriyadagi farq taklifnoma va boshqa takliflarning forum yoki sammitga qaratilganligida. 

Oʻz-oʻzini moliyalashtirish ikki turga bo'linadi va ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi ($650 evaziga):

  • Forum/sammit uchun taklifnoma;
  • Oziq-ovqat;
  • 3 kecha bepul turar joy;
  • Yo'l xarajatlarida yordam;
  • Forum/sammit materiallari;
  • Yoshlar bayonotlari/aralashuvlari;
  • Madaniy diplomatiya boʻyicha hamfikr, ekspert hamda amaliyotchilar bilan tanishish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • Strategik va madaniy diplomatiya markazida amaliyot o'tash imkoniyati;
  • 10 haftalik virtual kurs;
  • Dastur ma'muriyati bilan birga o'qitish;
  • Yoshlar madaniy diplomatik forumi Dubay, AQSh, Turkiya uchun qisman grantlar. 

Muhim: O'z-o'zini moliyalashtirishning ikki kategoriyasidagi farq taklifnoma va boshqa takliflarning forum yoki sammitga qaratilganligida. 

Eslatma! Shuningdek, dastur doirasida $150 evaziga taklif xati qabul qilish kategoriyasi ham mavjud. 

Topshirish jarayoni

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Pasport nusxasi;
  • Nomzodning rasmi;
  • Taʼlim darajasi haqida maʼlumotlar;
  • Ijtimoiy tashkilotlardagi tajribasi;
  • Ishtirokchining oʻziga xos qobiliyatlari;
  • CV.

Eslatma: Ariza toʻliq ingliz tilida toʻldirilishi shart. Hujjat topshirishda talab qilinadigan badal toʻlovi grantni yutish yoki yutmaslikdan qatʼiy nazar qaytarilmaydi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 27-sentyabr, 2024-yil;
  • Natijalar eʼlon qilinadi: 4-oktyabr, 2024-yil;
  • Email: contact@thecscd.org.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Tailand Madaniy diplomatiya boʻyicha Tailandda oʻtkaziladigan 3 kunlik forum — Young Cultural Diplomacy Forum
26 Sen, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.