Tavsif
Madaniy va ijodiy sohalarda ishlaydigan yoshlar uchun Global Cultural Relations dasturi e’lon qilinadi.
Dasturga qabul qilinganlar interfaol o‘quv dasturi orqali xalqaro madaniy aloqalar bo‘yicha ko‘nikmalarini kengaytirish, butun dunyo bo‘ylab madaniy aloqalar platformasining 180 GCRP bitiruvchilar hamjamiyati bilan aloqada bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Dasturga 40 nafar ishtirokchi qabul qilinib, ularning yo‘l va turar-joy xarajatlari qoplanadi.
Bu yil GCRP 2024-yil 25-28-noyabr kunlari Marokashning Marrakech shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.