Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekistondagi OTM talabalari uchun bir yillik grant
O‘zbekiston O‘zbekiston
29 Sen, 2022 · Muddat tugagan

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekistondagi OTM talabalari uchun bir yillik grant

To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining talabalar uchun grant dasturiga qabul boshlandi.

Grant Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun bir oʻquv yili davomida shartnoma toʻlovini qoplab beradi. Tanlovda ham bakalavriat(1-kursdan tashqari), ham magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Grant dasturi quyidagi yoʻnalishlarga ustunlik beradi:

• Boshqaruv mahorati;
• Obida va muzey ashyolarni qayta tiklash va saqlash;
• Meʼmorchilik;
• Madaniy sayyohlik;
• Grafik dizayni;
• Tasviriy sanʼat;
• Muzeyshunoslik;
• Raqs sanʼati.

Tanlov ikki bosqichdan iborat:

  1. Onlayn ariza toʻldiriladi va kerakli hujjatlar taqdim etiladi;
  2. Suhbat oʻtkaziladi.

Arizalarning qabuli 2022-yil 30-sentyabrgacha davom etadi.

Rasmiy eʼlon orqali tanlov shartlari hamda talablar bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Grant dasturi talablari:

  • Tanlovda ham bakalavr (1-kursdan tashqari), ham magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin;
  • Grant daʼvogarlari uchun ustuvor yoʻnalishlar:
    • Boshqaruv mahorati;
    • Qayta tiklash va konservatsiya;
    • Meʼmorchilik;
    • Madaniy turizm;
    • Grafik dizayn;
    • Tasviriy sanʼat;
    • Muzeyshunoslik;
    • Raqs sanʼati.
  • OTMni bitirgandan soʻng tegishli muassasada kamida bir yil davomida ishlab berish lozim.

Rasmiy eʼlon orqali tanlov shartlari hamda talablari bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Bir yillik shartnoma toʻlovi qoplab beriladi;
  • Grant sohibi Jamgʻarma bilan hamkorlik qiladilar va butun oʻqish davomida Jamgʻarma tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarga koʻngilli sifatida jalb etilishlari mumkin;
  • Grant sohibi tegishli taʼlim darajasini (bakalavr/magistr) olganidan soʻng 3 oy muddatda madaniyat va sanʼat sohasidagi muassasalarga Jamgʻarma stipendiya qoʻmitasining qaroriga binoan ishga joylashtiriladi. Ishlash muddati: kamida bir yil.

Rasmiy eʼlon orqali tanlov shartlari hamda imtiyozlari bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

  1. Onlayn ariza formasi toʻldiriladi va kerakli hujjatlar taqdim etiladi;
  2. Saralangan nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Rasm (3x4);
  • Pasport (ID) nusxasi;
  • Jamgʻarma tomonidan tasdiqlangan namunadagi tanlovda ishtirok etishga ariza (oʻzbek yoki rus tilida);
  • Tarjimai hol;
  • Motivatsion xat;
  • Baholar(transkript).

Nomzodni tanlash mezonlari:

  • akademik oʻzlashtirish;
  • ilmiy va tadqiqot ishlari;
  • umumiy dunyoqarash;
  • tahliliy qobiliyat;
  • tashkilotchilik qobiliyati;
  • rivojlanish uchun motivatsiya;
  • ijtimoiy faollik;
  • tanlagan ixtisoslikning ahamiyati va afzalliklari hamda uning mamlakat madaniyati va sanʼati sohalarini rivojlantirishdagi oʻrnini anglash.

Qo'shimcha ma'lumot

Rasmiy eʼlon orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Tanlovning umumiy jadvali:

  • 30.09.2022 gacha — arizalarni qabul qilish;
  • 10.10.2022 gacha — birinchi bosqich talabnomalarini koʻrib chiqish;
  • 13.10.2022 — birinchi bosqich natijalarini eʼlon qilish;
  • 18.10.2022 — suhbat;
  • 21.10.2022 — tanlov natijalarini sarhisob qilish;
  • 24.10.2022 — gʻoliblarni eʼlon qilish.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Soha

    Amaliy fanlar va kasblar, Biznes boshqaruvi, Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Mehmonxona biznesi, hordiq va sport, Sanʼat, dizayn va arxitektura

  • Dastur tili

    Rus tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekistondagi OTM talabalari uchun bir yillik grant
29 Sen, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.